Kontent qismiga oʻtish

Mir Said Kamol madrasasi

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Mir Kamol madrasasi
Mir Said Kamol madrasasi
Mir Said Kamol sarrof madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Manzil Mirzo Ulugʻbek MFY, Haqiqat koʻchasi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meʼros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Oʻrta
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Mir Kamoliddin ibn Mir Mahmud
Homiylar Mir Kamoliddin ibn Mir Mahmud
Binokorlik 19061907-yilda
Maqomi davlat himoyasida[1]
Holati Ayanchli ahvolga kelib qolgan
Hujralar soni 22
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Mir Kamol madrasasi (Mir Said Kamol madrasasi; Mir Said Kamol sarrof madrasasi)Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahrining tarixiy markazida joylashgan 2 qavatli madrasa inshooti. Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.

Madrasani tiklash va taʼmirlash uchun 2010-yilgi davlat dasturiga koʻra mablagʻlar ajratilganligiga qaramay, u hozirga qadar qarovsiz va ayanchli ahvolda qolib ketgan.

Madrasa 1906—1907-yilda Buxoro amirligi poytaxtining Qultagiyon guzarida, oʻzbek hukmdori Abdulahadxon (1885–1910) hukmronligi davrida, Mir Kamoliddin ibn Mir Mahmud mablagʻlari evaziga bunyod etilgan[2][3].

Bizgacha madrasaning vaqf hujjatlari yetib kelgan boʻlib, hujjat qozi ul-quzzot Muhammad Baqoxoja ibn Muhammad Qozixoja muhrlari bilan tasdiqlangan[3].

Sovetlar hukmronligi oʻrnatilgandan soʻng madrasada talabalarning oʻqitilishi tugatilgan.

2010-yilda ishlab chiqilgan Davlat dasturiga binoan, madrasani 2011-yilda restavratsiyalash, zamonaviy foydalanishga moslashtirish ishlari rejalashtirilgan va bu ishlarni amalga oshirish maqsadida 60 million soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlsada[4], madrasa hozirga qadar ayanchli ahvolda qolib ketgan.

Madrasa inshooti, Buxoro shahri meʼmoriy yodgorligi sifatida, 2019-yilda tasdiqlangan Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan boʻlib[1], undan kelajakda turistik xizmat koʻrsatish obʼekti sifatida zamonaviy foydalanishga topshirish rejalashtirilgan[4].

Buxoro shahridagi Mirzo Ulugʻbek MFYga qarashli Haqiqat nomli koʻchada joylashgan[1].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madrasa inshooti pishiq gʻishtdan 2 qavatli qilib qurilgan[2], 22 ta hujra, darsxona, masjid va zaruratxonadan iborat boʻlgan[3].

Rivoyat qilinishicha, madrasa Qultagiyon guzarida yashagan Said Ahmad ismli bir boy kishining mablagʻiga qurilgan. Lekin madrasa qurilishida u ishtirok eta olmagan. Said Ahmadboy qurilish uchun barcha zarur narsalarni tayyor qiladi va toʻsatdan vafot etadi. Bu ishni oxiriga yetkazishni amakisi Mir Kamolga vasiyat qilib qoldiradi. Shu tariqa Mir Kamol bu ishni oxiriga yetkazadi va madrasa uning nomi bilan atalib qolgan ekan[2]. Madrasaning bizgacha yetib kelgan vaqf hujjatida bu rivoyatga aloqador biror soʻz yozilmagan[3].

Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 15-iyul, 2022-yil(2022-07-15) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.