Miozit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Miozit (yun. myos — muskul) — skelet muskullarining yalligʻlanishi. Oʻtkir va surunkali boʻladi. M.ning infeksion (mas, gripp, surunkali tonzillit, revmatizm, zaxm va boshqalar), parazitar (M.ni trixinella, exinokokk va boshqa qoʻzgʻatadi), toksik (diabet, nur kasalligi), temperaturavmatik (talaygina muskullarning shikastlanishi va unga qon quyilishi), kasbga oid (vibratsiya va boshqa noxush omillardan muskullarning toliqishi) va boshqa xillari bor. M.da oyoqqoʻl, tana muskullari zirqirab ogʻriydi, harakatlanganda ogʻriq zoʻrayadi; baʼzan muskullarda tugunchalar yuzaga keladi. Shikastlangan teri orqali infeksiya tushishi (xususan, ochiq shika-stlarda) yoki boshqa organlardan muskulga oʻtishi yiringli M.ga sabab boʻladi. M.da, odatda, butun muskullar sistemasi zararlanadi (poliomiozit). Baʼzan muskullar bilan birga teri ham shikastlanadi (dermatomiozit). M.ning oldini olishda sovqotish, ogʻir yuk koʻtarishdan saqlanish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, sport bilan shugʻullanish, muskul sistemasini chiniqtirish juda muhim.

Davos i . M.ga sabab boʻlgan omillar bartaraf etiladi, vitaminlar, ogʻriq qoldiruvchi dorilar, fizioterapiya va boshqa buyuriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil