Mioma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mioma (mio... va yun. ota — oʻsma maʼnosini anglatuvchi qoʻshimcha) — muskul toʻqimasidan vujudga keladigan xavfsiz oʻsma; tarkibida muskul elementlari bor. Silliq muskul toʻqimalaridan paydo boʻladigan leyomioma va koʻndalang targʻil muskullardan rivojlanadigan rabdomioma ajratiladi. Asosan, bachadon (fibromioma), meʼda, ichak va boshqa aʼzolarda uchraydi. Mioma kishini ortiqcha bezovta qilmasligi ham mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil