Miokardiodistrofiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Miokardiodistrofiya (mio..., kardio... va distrofiya), kardiomiopatiya — yurak muskuli (miokard)ning yalliglanmasdan, balki moddalar almashinuviiint buzilishi (biokimyoviy oʻzgarishlar) tufayli zararlanishi. Qon elektrolit tarkibining buzilishi, kislota-ishkrr muvozanatining oʻzgarishi va boshqa kasalliklar tufayli vujudga keladi. M. yurak ishi yetishmovchiligiga sabab boʻlishi mumkin. M.da miokardning qisqarish fa-oliyati susayadi, lekin unda morfologik oʻzgarishlar kuzatilmaydi. M.ga ekzogen (zaharlanish, jismonan zoʻriqish, stress va h.k.) va endogen (endokrin buzilishlar, mas, tireotoksikoz, qandli diabet, kamkrnlik, buyrak yetishmovniligi, jigar kasalliklari va boshqalar) omillar tufayli roʻy bergan M. ajratiladi. M.da asta-sekin rivojlanadigan yurak yetishmovchiligiga xos klinik alomatlar (nafas qisishi, jigar kattalashishi, oyoq-qoʻllarda shish), yurak sohasida uzoq davom etadigan suyet ogʻriq va boshqa kuzatiladi.

Davo M.ni keltirib chiqargan asosiy kasallikka qarshi qaratiladi, yurak muskullarida almashinuv jarayonini yaxshilash choralari koʻriladi. M.ga sabab boʻlgan asosiy kasallikni davolash bilan yurak muskulining faoliyati asl holatiga keladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil