Mintoʻ Saodathasan
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mintoʻ saodathasan (1912.11.5, Amritsar — 1955.12.2, Lohur) — pokistonlik adib. Dehli va Bombayda yashagan, 1948-yilda Pokistonga koʻchib oʻtgan. Urdu tilida yozgan. Urdu adabiyotiga hikoya janrining ustasi sifatida kirgan. Ocherk, esse, radiodramaning rivojlanishiga hissa qoʻshgan. Mavzusiga koʻra, hikoyalarini 2 turga boʻlish mumkin: Hindiston milliy ozodlik harakati va hind-musulmon doʻstligi haqidagi hikoyalar. M.S.H. no-chorlikdan tubanlikka yuz tutgan ayollar obrazini urdu adabiyotiga birinchi boʻlib olib kirgan ("Yuztalik lampochka", "Qora shalvor" va boshqalar). "Tomosha", "Yangi qonun" kabi hikoyalari milliy ozodlik harakatiga bagʻishlangan. Musulmon, hind, sikxlar orasidagi doʻstlik esa "Oʻn ikki rupiya", "Moʻzil" kabi hikoyalarida aks etgan. 40 ga yaqin toʻplami chop etilgan. Aksariyat hikoyalarining qahramoni — oddiy kishilar, mulozimlar, hunarmand, ishchilar. "Yoʻl chekkasida", "Choʻtkalar" singari hikoyalari urdu adabiyotida "Yangi hikoya" yoʻnalishining darakchisi boʻlgan. Adabiy tanqidchilik M.S.H. hikoyalarini zamonaviy hikoyaning tashkil topishida muhim davr sifatida baholaydi.
Ac.: Qiz sevgisi [Tanlangan hikoyalar], T., 1970.
Ansoriddin Ibrohimov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |