Mintaylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mintaylar (Theragra) — treskasimonlar oilasiga mansub baliqlar urugʻi. Uzunligi 40—55 sm, vazni 1,5 kg gacha, tanasi choʻziq, orqa suzgichlari 3 ta, anal suzgichlari 2 ta, dum suzgichi qisman 2 boʻlakka boʻlingan. Uzoq Sharq mintayi Tinch okeanning shim. qismidagi Bering boʻgʻozidan boshlab Koreyaga va Shimoliy Kaliforniyagacha boʻlgan dengizlarda 500–700 m chuqurlikda yashaydi. 3—4 yilda jinsiy voyaga yetadi. Bahorda Koreya, Saxalin, Kamchatka sohillari yaqinida uvildiriq tashlaydi. Ikrasi mayda va pelagik boʻladi. Qisqichbaqasimonlar va mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Koʻpsonli, koʻplab ovlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil