Minor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Minor (lot. minor — kichik) (musiqada) — 1) garmoniyata asoslangan koʻp ovozli musiqada asosiy ladlardan biri (aksi — major). Yevropa musikasida 16—17-asrlardan rivojtopgan. Uning tayanch tovushlari (1, 111 va V yaogʻonolari) kichik uch tovushli akkordno hosil qiladi. M. tizimida bastalangan asarlarga koʻproq gʻamgin, mungli tus xosdir. M. va major orasidagi qaramaqarshilik musiqa sanʼatining muhim ifoda vositalaridan; 2) keng maʼnoda — lad tuyey; asosiy tayanch pardaga nisbatan kichik tersiya intervali oraligʻida joylashgan 3-pogʻona bilan belgilanadi. Shu maʼnoda eoliy, doriy, frigiy, lokriy va boshqa tovushqator va gammalar M. xususiyatiga ega. Oʻzbek anʼanaviy musiqasida, ayniqsa, frigiy (mas, "Tanavor", "Sayqal"), eoliy ("Saraxbori Navo"), doriy ("Saraxbori Segoh") M.lar koʻproq uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil