Mingbuloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mingbuloq — Markaziy Fargʻonadagi koʻl. Boʻz massivida. Sirdaryo sohiliga yaqin joylashgan. Uz. 400 m, eni 100 m. M.ga koʻp buloq suvlari va sizot suvlar quyiladi. Koʻl qadimda katta boʻlib, boshqa koʻllar bilan tutashib turgan. Buloq va sizot suvlari Sirdaryoning chap sohilidagi tekislikni quritish uchun qazilgan zovurlarga oqib ketganidan koʻl maydoni qisqargan. Koʻl chekkalari qamishzor va botqoqlik, suvi shoʻr, chuqurligi oʻrta qismida 1,5—2 m. Koʻlda baliq va turli yovvoyi parrandalar bor. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil