Minerallar oqiq agregatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Minerallar oqiq agregatlari — mineral massalarining shakli; karbonat, nordon sulfatli, nordon fosforli va boshqa kimyoviy birikmalar yuza katlami yoki gidrotermal eritmalarining choʻkishidan hosil boʻladi. Minerallar oqiq agregatlaria. kolloid eritmalar, shuningdek, asl eritmalardan hosil boʻlishi mumkin. Agregatlar sumalak shaklida (stalaktit va stalagmit), gʻudda, kurtaksimon pust, shakleiz oqma koʻrinishida boʻladi. Yer pusti va yer yuzasida harakatda boʻlgan suv bir qancha minerallar, ayniqsa, ishqoriy-yer elementlari karbonatlarini anchagina qismini eritadi. Suvning bugʻlanishi, sharoit, temperatura va bosimning oʻzgarishi yoki almashinuv reaksiyasi eritmadagi moddani Minerallar oqiq agregatlaria. koʻrinishida ajralib chiqishiga olib keladi. Minerallar oqiq agregatlaria. yer ustida Yer pustining yuza qatlamida: geyzerlar, mineral buloqlar yotqiziklarida, gʻorlar, togʻ jinslaridagi yorikdar, boʻshliklarda, ruda konlari oksidlanish zonalarida, shuningdek, tashlandiq ruda konlarida hosil boʻladi. Biroq ruda minerallari kollomorf "regatlari (pirit, sfalerit, kassiterit va boshqalar) chuqurda joylashgan gidrotermal eritmalarda ham vujudga keladi. Kalsit, malaxit, qoʻngʻir temirtosh, mis fos-fati kabi Minerallar oqiq agregatlaria. keng tarqalgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil