Mineral turi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mineral turi — mineral individlarning majmui, bir xil yoki bir tipli kristallik struktura va tarkibga ega; minerallarning asosiy tasnif birligi. Mineral turi doimiy va oʻzgaruvchan tarkibli boʻlishi mumkin. Mineral turi ning kimyoviy tarkibi muayyan oralikda kristallik panjarasi tugunida bir atomlar va ionlarining boshqalari, ularning analoglari bilan izomorf oʻrin almashinuvi natijasida (qarang Izomorfizm kimyoda, fizikada, mineralogi-yada) oʻzgarishi mumkin (yana q. Mineral).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil