Mineral resurslar instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mineral resurslar instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar Davlat qoʻmitasi tarkibidagi ilmiy tadqiqotlar instituti — geologik ishlab chiqarish boʻyicha respublikada yetakchi ilmiy metodik markaz. Oʻrta Osiyo yer osti qazilmalarini keng koʻlamda oʻrganish markazi sifatida 1957 yilda Toshkentda tashkil etilgan. 1994 yilgacha Oʻrta Osiyo mineral resurslari ilmiy tadqiqot instituti, 1994 yil apreldan hozirgi nomda. Oʻzbekistonning alohida regionlarining geologik oʻrganish, mineral xom ashyo resurslariga boʻlgan ehti-yojni qondirish, import monitorin-gni hamda import oʻrnini bosadigan xom ashyo ishlab chiqarish uchun tavsiyalar berish kabi vazifalarni bajaradi.

Oʻzbekiston hududi va uning ayrim regionlari geologik tuzilishini, asosiy foydali qazilmalarning joylanishi qonuniyatlarini oʻrganish; Mamlakat mineral xom ashyo bazasini kengaytirish maqsadida muayyan bashoratlar berish; geologiyarazvedka ishlarining ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqish, ruda va noruda qazilma konlarini baholash va razvedka qilish; geol.razvedka ishlarining samaradorligini oshirish, mineral xom ashyodan foydalanish boʻyicha tavsiyalar berish; turli foydali qazilmalarni boyitish va ajratib olishning takom illashgan texnologiyasini ishlab chiqish va h.k. institutning asosiy ilmiy yoʻnalishlaridir.

Institut qoshida ilmiy texnika axboroti bilan taʼminlovchi guruh faoliyat koʻrsatadi, ilmiy texnika kutubxonasi, tajriba-metodik partiyalar, ilmiy ishlab chiqarish tajriba uchastkalari mavjud.

Institut tuzilgandan buyen 20 dan ortiq ilmiy asar nashr qilingan, tarmoqqa oid 80 dan ziyod qoʻllanma ishlab chiqilgan. Institut qoshida malaka oshirish kursi, aspirantura, doktorantura faoliyat koʻrsatadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil