Mineral ozuqalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mineral ozuqalar - chorva mollarining ozuqa ratsionida baʼzi ki-myoviy elementlar yetishmaganda yemxa-shakka qoʻshib beriladigan qoʻshimcha mineral ozuqalar. Chorva mollari tanasida turli mineral elementlar uchraydi. Ulardan 15 tasining hayvonlar organizmidagi fiziologik ahamiyati aniqlangan. Ftor, bariy, brom va stronsiy elementlari esa ehtimol zarur boʻlgan elementlar qatoriga kiritilgan.

Hayvon tanasida koʻp yoki kam miqdorda uchrashiga qarab mineral elementlar 2 guruhga ajratiladi; makroelementlar (ularning 1 kg ozuqadagi miqdori g da ifoda etiladi). Chorva mollari ozuqalarida makroelementlardan kalsiy, fosfor, natriy, kaliy, xlor, magniy va oltingugurt ele-mentlarining miqdori nazorat qilinadi; 2) mikroelementlar (ularning 1 kg ozuqadagi miqdori mg da oʻlchanadi).

Hayvonlar isteʼmol qiladigan oʻsimlik mahsulotlaridan olingan ozuqalarning mineral tarkibi tuproq va iqlim sharoitiga hamda agrotexnik sharoitlarga, oʻgʻitlarning qoʻllanishiga ham bogʻliq. Koʻpchilik oʻsimlik ozuqalarda natriy va xlor yetishmaydi. Shuning uchun hayvonlar yem-xashagiga osh tuzi qoʻshiladi. Kalsiyli ozuqa sifatida tuyilgan boʻr va temperaturavertinlar, ohaktoshlar hamda oʻtin kulidan foydalaniladi. Hayvonlarning mineral elementlarga boʻlgan talabini aniqlashda baʼzi elementlarning oʻzaro nisbatini ham hisobga olish kerak. Chunonchi, kalsiy va molibdenning ratsionda ortib ketishi boshqa elementlarning hazm boʻlishini susaytiradi. Temir, mis, kobalt elementlarining maʼlum bir nisbatda boʻlishi juda ham zarur. Chunki, qondagi gemoglobin oqsilning sintezi yuqoridagi elementlarning oʻzaro nisbatiga bogʻliq boʻlib, ulardan birontasining yetishmasligi anemiya (kamqonlik) kasalligiga olib keladi. Yod elementi qalqonsimon bez ajratadigan tiroksin gormoni tarkibida boʻlib, shu bezning bir meʼyorda faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi. Parrandachilikda kalsiyli oziqlantirishda tuxum poʻchogʻi va chuchuk suv mollyuskalari, dengiz chiganoklaridan tayyorlangan ozuqa yormalari keng qoʻllaniladi. Kalsiy va fos-forli elementlar yetishmaganda ratsi-onga fosfatli ozuqalar qoʻshiladi. Mineral ozuqalarga turli konsentratlar, silos va maydalangan ildizmevalar aralashtiriladi. Mineral ozuqalar har qanday aralash yemlarga qoʻshilishi shart. 3-dlarda Mineral ozuqalardan tuzlar aralashmalari, yalanadigan bri-ketlar va tabletkalar tayyorlanadi. Hayvonlar ratsionini mineral ozuqalar bilan boyitishda, ayniqsa, mis, ftor, selen va molibdenning ratsionda meʼ-yordan ortib ketishi hayvonlarni zaharlashi mumkin. Organizmdagi ishqoriy kislotali muhit muvozanatining saqlanishida ham mineral moddalarning ahamiyati katta.

Roʻzimat Hamroqulov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil