Mineral koʻllar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mineral koʻllar, shoʻr koʻllar — suvining tarkibida koʻp miqdorda tuz boʻlgan koʻllar. M.k. toifasiga tuz mikdori okeandagi (35 g/kg)dan yuqori boʻlgan koʻllar kiradi. Boshqa tasnif boʻyicha M.k. toifasiga tarkibidagi eritma moddalar 25g/kg dan ortiq boʻlgan koʻllar kiradi. Tarkibida tuz mikdori 1%o dan 35%o gacha (yoki 25%o) boʻlgan M.k. kam mineralli yoki shoʻr koʻllar deyiladi. Yuqori konsentratsi-yadagi M.k.ning tuzli suvi tagida tuzlar konsentratsiyasi va choʻkmasini hosil qilgan toʻyingan eritmani vujudga keltiradi. Oddiy koʻl suvi oqmasdan turib qolishi va bugʻlanishi natijasida undagi tuz mikdori orta borib, M.k. ni paydo qiladi. M.k. ikki xil yoʻl b-n: dengizning ayrim qismi ajralib qolishi natijasida (mas, limanlar, baʼzi bugozlar va b.); chul va dashtlardagi pastqam joylarga oqar suvlar nuragan togʻ jinslaridagi oson eriydigan tuzlarini oqizib keltirishidan hosil buladi (mas, Qoraqal-pogʻiston Respublikasining Qungʻirot sh.dan 60 km shim.-gʻarbda joylashgan Qoraumbat kuli). M.k. suvidagi tuzlarning xili va mikdoriga qarab karbonatli, sulfatli va xloridli boʻladi. M.k.dan soda, mirabilit, xlorli magniy, tuz, yod, brom birikmalari va h.k. olinadi. Tibbiyotda M.k.dan revmatizm va b. kasalliklarni davolashda foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil