Kontent qismiga oʻtish

Millicent Simmonds

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Millicent Simmonds

Simmonds 2021-yilda
Tavalludi 6-mart 2003-yil (2003-03-06) (21 yosh)[1]
Fuqaroligi Amerika Qoʻshma Shtatlari
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2017–hozirgacha

Millicent Simmonds (2003-yil 6-martda tugʻilgan) – 2018-yilda ekranlarga chiqqan Sokin hudud va 2020-yilda namoyish etilgan Sokin hudud 2 filmlarida rol oʻynagan amerikalik kar aktrisa. U kino olamidagi ilk rolini 2017-yilda chiqqan Wonderstruck nomli dramada oʻynagan. Wonderstruck hamda Sokin hudud filmlaridagi rollari uchun yoshlarga beriladigan bir nechta mukofotlarni qoʻlga kiritgan.

Qoʻshimcha ravishda, Simmonds komediya janridagi Andi Mack (2018) va This Close (2019) seriallarida ham rol ijro etgan. U oʻzining Broadway darajasidagi debyutini 2023-yilda sahnalashtirilgan Grey House pyesasi bilan boshlagan. Simmonds sahnaga karlarni jalb qilish tarafdori boʻlgan. Shuningdek, u karlar uchun lab harakatlarini oʻqiy oladigan yuz niqobini yaratish tarafdori hamdir.

Simmonds Amerika Qoʻshma Shtatlarining Utah shtatidagi Bountiful sharida oʻsib ulgʻaygan[2]. Uning 4 nafar: 2 nafari undan katta va 2 nafari undan kichik aka-uka, opa-singillari bor[3]. Simmonds ikki oylik paytidagi baxtsiz hodisa sababli eshitish qobiliyatini yoʻqotadi[4]. Uning onasi Amerika imo-ishora tilini oʻrganadi va butun oila aʼzolariga u bilan muloqot qilish uchun ushbu tilni oʻrganishni aytadi[5]. Simmonds oilasining Amerika imo-ishora tilini u uchun oʻrganganlari haqida shunday deydi: „Agar oilam bilan muloqot qila olmasam, muloqot qilishni bilmagan boʻlardim“. Simmondsda yana koxlear implanti ham mavjud[6].

Simmondsning onasi uni doimiy kitob oʻqishga ruhlantirgan[7]. Simmonds 3 yoshga toʻlganida u karlar uchun Jean Massieu maktabiga qatnaydi va uchinchi sinfda drama klubiga aʼzo boʻladi[2][8]. Uning ilk chiqishi A Midsummer Night's Dream pyesasidagi Puck obrazi boʻlgan[7]. Oltinchi sinfni yakunlaganidan soʻng, 2015-yilning kuzida Mueller Park Junior oʻrta maktabiga qatnashni boshlagan. Simmonds Utah shtatining Cedar Cityda oʻtkazilgan Utah Shakespeare Festivalda rol ijro etgan va bu uning Wonderstruck filmidagi roli uchun tarjiba boʻlgan[2].

2020-yilning uchinchi choragida, Simmondsning otasi ishga kiradi va ular oilaviy Bountifuldan qoʻshni Pennsilvaniya shtatining Pittsburg shimoliga koʻchib oʻtishadi[4].

Aktrisalik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wonderstruck va Sokin hudud

[tahrir | manbasini tahrirlash]
A teenage girl in formal dress posing for a picture
14 yoshli Simmonds Cannes kinofestivalida (2017)

2017-yilda namoyish qilingan Wonderstruck filmida rol oʻynaganida Simmonds 12 yoshda edi[7]. U yoshlar uchun moʻljallangan va asosiy mavzusi karlar hayoti haqida boʻlgan Wonderstruck romanini 2011-yilda nashrdan chiqishi bilan oʻqib tugatgan. Ushbu film uchun kasting ochilganda, uning sobiq drama oʻqituvchisi yangilikni yetkazadi va u filmda qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtadi[2]. Simmonds 250dan ortiq kastingchilar bilan bahslashdi. Rolni qoʻlga kiritganidan soʻng, onasi va kichkina qondoshlari bilan Wonderstruck filmi suratga olinayotga Nyu-York shahriga borishadi. U suratga olish paytida Amerika imo-ishora tilidan foydalangan va maktabdagi oʻqishini davom ettirish uchun repetitor ham yollagan[2]. Vanity Fair jurnali muxbiri Charles Bramesco Simmondsning ijrosi haqida shunday deydi: „Utah shtatida tugʻilgan, hech qanday filmga bogʻliqligi boʻlmagan yosh Simmonds kino sanoatining yangi yuzi, shu bilan birga kar va boshqa imkoniyati cheklangan aktyorlar uchun timsol sifatida katta shov-shuvlarga sabab boʻlishi kutilmoqda“[9]. Wonderstruck 2017-yilgi Cannes kinofestivalida premyera qilingandan soʻng, Associated Press gazetasi muxbiri Jake Coyle Simmondsning gavdalantirgan rolini „yutuq sifatida baholadi“[10]. Simmonds yosh aktyor va aktrisalarga beriladigan bir nechta mukofotlarni qoʻlga kiritdi. Associated Press Simmondsni 2017-yilda debyutini amalga oshirgan yana sakkiz nafar aktyor va aktrisalar qatorida eʼlon qildi[11].

2018-yilda Simmonds horror janrida suratga olingan Sokin hudud filmida John Krasinski va Emily Blunt rolini ijro etgan sogʻlom ota-onaning kar qizi sifatida rol oʻynagan. Prodyuserlar filmga kar aktrisani taklif qilishni rejalashtirmagan mahalda film rejissyori boʻlgan Krasinski kar aktrisani qoʻshishni taklif qiladi[12]. Simmonds va uning onasi Krasinskining kar farzandli oila haqidagi ssenariy yuzasidan bergan savollariga javob berishadi[13]. Film yaratuvchilari Simmonds uchun Amerika imo-ishora tili tarjimonini ishga yollashadi va bu ularga qiyinchiliksiz bir-birini tushunish imkoniyatini berdi[14]. Simmonds esa boshqa aktyorlarga imo-ishora tilini oʻrgatadi[15].

Seriallardagi rollari va Sokin hudud filmiga qaytishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilda Simmonds Disney Channel kanalida efirga uzatilayotgan Andi Mack teleserialining uchinchi mavsumining ikki epizodida koʻrinish berdi. U ilk bor birinchi mavsumda chiqqan va film ijodkorlari uni yana qaytarishni xohlashgan. Epizodik rol paytida Simmonds sheriklariga imo-ishora tilini oʻrgatgan. Ijodkorlar u oʻynagan qismlardagi imo-ishora sahnalariga subtitr qoʻshmaslikka qaror qilishadi va shu bilan tomoshabinlar aktyorlarning xatti-harakatiga eʼtibor qaratishlariga sababchi boʻlishadi[16]. Epizodlarning birida, Simmonds Asher Angel personaji Jonah unga „Men seni yaxshi koʻraman“ ishorasini koʻrsatganida, kamera oldida ilk bor ovoz chiqarib, „Men seni yaxshi koʻraman“ deb javob qaytargan. Simmonds ushbu dialog haqida shunday eslaydi: „Bu qanday keldi yoki kimning gʻoyasi ekanligini hatto eslay olmayman, lekin onam mendan bu haqida qanday fikrda ekanligimni soʻragani haliyam yodimda va men unga buni sinab koʻrishim mumkin deb aytganman. Aslida men juda asabiylashayotgan edim. Ovozimdan omma oldida koʻp ham foydalanmaganman“[17].

Keyingi yilda Simmonds This Close teleserialining ikkinchi mavsumidagi bir epizodda koʻrinish beradi[18]. Oktyabr oyida u Freeform kanalida efirga uzatilgan Close Up teleserialining asosiy rolini ijro etgan va suratga olish bir yildan keyin Vankuverga koʻchirildi[19]. 2020-yil maydan boshlab, Freeform namoyish etishni bekor qildi[20].

Simmonds yana 2019-yil oʻrtalarida suratga olingan Sokin hudud 2 filmidagi roliga qaytdi[21]. Ushbu filmga ham rejissyorlik qilgan John Krasinski shunday deydi: „Menda Millie (Simmonds)ni filmning asosiy qahramoni qilish haqida gʻoya bor edi… Unig xarakteri birinchi filmda men muhokama qilgan barcha mavzular uchun eshiklarni ochdi“[22]. Filmning premyerasi 2020-yil mat oyiga rejalashtirilgan edi, biroq COVID-19 pandemiyasi sababli 2021-yil may oyida boʻlib oʻtdi[23][24]. Shu yilning avgust oyida, Variety nashri Simmondsni 2021 Power of Young Hollywood Impact Listda 50 ta 25 yoshgacha boʻlgan aktyor va aktrisalar qatorida sanab oʻtdi[25].

Grey House va amaldagi loyihalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Simmonds Tribecca Fim Festivalda 2022-yil 11-iyun kuni premyerasi boʻlib oʻtgan Bumblebees qisqa metrajli filmida ham rol ijro etgan[26]. Shuningdek, u 2023-yil 30-may kuni premyera qilingan Levi Hollowayning Grey House pyesasining sahna adaptatsiyasi bilan teatrdagi debyutini ham boshlagan[8][27]. Simmonds sahnada, koʻplab insonlar koʻz oʻngida rol ijro etish, film yoki teleserialda rol oʻynashdan koʻra qiyinligini taʼkidlab oʻtgan. Shuningdek, u kino va televideniyedagi turli kundalik sahnalar bilan sahna koʻrinishlarining takroriy tabiatini qarama-qarshi qoʻydi[8]. Entertainment Weekly jurnali muxbiri Emlyn Travis shunday yozadi: „Kar boʻlgan Simmonds oʻzining kostyorlari bilan birga kuylarni Ameriika imo-ishora tilida koʻrsatadi… Shuningdek, u har bir harakatni sahnada namoyish etish imkoniyatlarini ajoyib tarzda talqin qiladi“[28]. Grey House loyihasi sotilgan chiptalar miqdori kam boʻlganligi uchun 2023-yil 30-iyunda yopildi[29].

2021-yil iyul oyida Simmonds 2022-yilda Sara Nović tomonidan yozilgan True Biz nomli karlar haqidagi kitobning ekrandagi adaptatsiyasida rol ijro etish va ishlab chiqilishi uchun Circle of Confusion Television Studios bilan hamkorlik qildi[30]. Shu yilning oktyabr oyida aktrisa 2022-yil oʻrtalarida suratga olinishi rejalashtirilgan Helen & Teacher filmidagi asosiy qahramon boʻlgan tarixiy obraz kar va koʻr Helen Kellerni gavdalantirishi kerak[31]. Biroq, ushbu loyiha ham amalga oshmay qolgan.

2023-yil fevral oyida Simmonds Ballerina Overdrive triller janridagi filmda rol ijro etgan[32].

Karlarni himoya qilish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Simmondsning 2017-yilda Wonderstruckdagi debyutidan soʻng, Utah shtatida joylashgan axborot agentligi shunday degan: „Millie karlar hamjamiyatini himoya qilish va rol ijro etishni davom ettirishni rejalashtirmioqda“[33]. 2019-yilda Sokin hudud filmida bosh rolni ijro etganidan soʻng, Simmonds Greenwich International Film Festivalning Make an Impact Award mukofotiga sazovor boʻldi hamda nogironligi bor shaxslar bilan filmni muhokama qilish uchun festival panelida ishtirok etdi[34].

2020-yilda Sokin hudud 2ning chiqarilishi COVID-19 pandemiyasi sababli keyingi yilga qoldirilgach, Simmonds va nutq patologiyasi boʻyicha klinik xodim lab harakatlarini oʻqish imkonini beruvchi shaffof panelni oʻz ichiga olgan va yuz ifodalarini koʻrishga imkon yaratadigan yuz niqobini ishlab chiqishdi[35]. Simmonds niqoblar ishlab chiqarish va undan tushgan daromadni kar va eshitish qobiliyati past boʻlganlar tashkilotga oʻtkazish uchun Rafi Nova moda brendi bilan hamkorlik qildi[36]. Shuningdek, u 1990-yilgi nogironligi boʻlgan amerikaliklar toʻgʻrisidagi qonunning 30 yilligi doirasida Academy of Motion Picture Arts and Sciences tomonidan nogiron boʻlgan ijodkor shaxslarning namoyishi boʻyicha virtual panelda ishtirok etdi[37]. Yil oxiriga kelib, Seventeen oʻsmirlar jurnali Simmondsni dunyoqarashi va faolligi uchun Voices of the Year-2020 nomzodlari orasida tan oldi[38].

Filmlardagi kar qahramonlar oldindan sogʻlom aktyor yoki aktrisalar tomonidan oʻynalgan yoki imo-ishora tilini tahrirlash davomida toʻgʻrilashgan, Simmonds esa 2021-yilda oʻzining Wonderstruck, Sokin hudud, Sokin hudud 2 filmlari ushbu tarixni „tuzatishi“ mumkinligini taʼkidlab oʻtdi[39]. 2022-yilda Simmonds Cut + Clarity bilan hamkorlik qilib, Ski-Hi institutidagi Deaf Mentor dasturidan foyda olish maqsadida „ona“ uchun Amerika imo-ishora tili belgisini aks ettiruvchi „Millie ASL Mama“ marjonlarini yaratdi[40]. 2023-yildagi intervyusida u kino sanoatiga kirishga intilayotgan eshtishda muammosi bor yoki kar yoshlarga oʻzlarini himoya qilish va nima xohlashayotganini aniq yetkazishni maslahat berdi[8].

2024-yil mart oyida Simmonds 44-Kino va televideniye namoyishidagi Nyu-York ayollari uchun Muze mukofoti bilan taqdirlangan 8 nafar nomzod orasida bor edi[41].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Simmondsning filmografiyasi
Yillar Nomi Janri Rol Izoh Manbalar
2017 Wonderstruck Film Rose [42]
2018 Sokin hudud Film Regan Abbott [42]
2018–2019 Andi Mack Teleserial Libby Uchinchi mavsum; epizodik chiqishlar [16]
2019 Wanted a Name Videomusiqa Oʻzini Frenship videomusiqasi [43]
2019 This Close Teleserial Emmaline Ikkinchi mavsum; Epizod: „No Place Like Home“ [44]
2020 I Dare You Videomusiqa Oʻzini Kelly Clarkson videomusiqasi [45]
2020 Sokin hudud 2 Film Regan Abbott 2021-yilda namoyish etilgan [21]
2022 Bumblebees Qisqa metrajli film Athena [26]
2023 Grey House Stage Bernie Sahna asari [27]
Simmondsning mukofotlari
Yil Film Mukofot Marosim Natija Manbalar
2017 Wonderstruck Critics' Choice Movie Award for Best Young Performer mukofoti 23-marosim Nominatsiya [46]
Florida Film Critics Circlening Pauline Kael Breakout Award mukofoti 2017-yilgi marosim Nominatsiya [47]
Saturn Award for Best Performance by a Younger Actor mukofoti 44-marosim Nominatsiya [48]
Seattle Film Critics Society Award for Best Youth Performance mukofoti 2017-yilgi marosim Nominatsiya [49]
Washington D.C. Area Film Critics Association Award for Best Youth Performance mukofoti 2017-yilgi marosim Nominatsiya [50]
Women Film Critics Circle Award for Best Young Actress mukofoti 2017-yilgi marosim Nominatsiya [51]
2018 Sokin hudud Critics' Choice Movie Award for Best Young Performer mukofoti 24-marosim Nominatsiya [52]
Los Angeles Online Film Critics Society Award for Best Performance by an Actress 23 and Under mukofoti Ikkinchi marosim Nominatsiya [53]
Seattle Film Critics Society Award for Best Youth Performance mukofoti 2018-yilgi marosim Nominatsiya [54]
Washington D.C. Area Film Critics Association Award for Best Youth Performance mukofoti 2018-yilgi marosim Nominatsiya [55]
2020 Sokin hudud 2 Critics' Choice Super Award for Best Actress in a Horror Movie mukofoti Ikkinchi marosim Nominatsiya [56]
Fangoria Chainsaw Award for Best Supporting Performance mukofoti 2022-yilgi marosim Yutuq [57]
Hollywood Critics Association Midseason Award for Best Actress mukofoti Toʻrtinchi marosim Yutuq [58]
MTV Movie Award for Most Frightened Performance mukofoti 2022-yilgi marosim Nominatsiya [59]
Saturn Award for Best Performance by a Younger Actor mukofoti 47-marosim Nominatsiya [60]
2022 BAFTA Rising Star Award mukofoti 75-marosim Nominatsiya [61]
  1. Rose, Mike. „Today's top celebrity birthdays list (March 6, 2018)“. Cleveland.com (2018-yil 6-mart). Qaraldi: 2019-yil 2-yanvar.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Crofts, Natalie. „Bountiful girl cast in lead role for upcoming movie 'Wonderstruck'“. ksl.com. KSL-TV (2016-yil 15-aprel). Qaraldi: 2017-yil 5-may.
  3. Votaw, Ann. „Millicent Simmonds on How the Plot of 'A Quiet Place' Relates to Real Life“. Observer (2018-yil 10-aprel). Qaraldi: 2018-yil 12-aprel.
  4. 4,0 4,1 Axelrod, Joshua. „'A Quiet Place Part II' star Millicent Simmonds now calls Pittsburgh home“. Pittsburgh Post-Gazette (2021-yil 4-iyun). Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.
  5. Harris, Sarah. „Young Utah 'Wonderstruck' actress speaks of 'frustration' that deaf people feel“. Deseret News (2017-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 7-noyabr.
  6. Weiss, Haley (November 1, 2017). „Deaf actress Millicent Simmonds has a message for those who are different“. Interview. Qaraldi: November 1, 2017.
  7. 7,0 7,1 7,2 Williams, Michelle (February 5, 2020). „Millicent Simmonds Is a Force to Be Reckoned With“. Teen Vogue. Qaraldi: February 5, 2020.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 Apostolatos, Mariana (September 7, 2023). „Millicent Simmonds“. Photobook Magazine. Qaraldi: September 26, 2023.
  9. Bramesco, Charles. Carol Director Todd Haynes Breaks New Ground in Casting His Next Film“. Vanity Fair (2016-yil 30-aprel). Qaraldi: 2017-yil 5-may.
  10. Coyle, Jake. „'Wonderstruck', with deaf newcomer Simmonds, lands at Cannes“. ap.org. Associated Press (2017-yil 18-may). 2020-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 20-may.
  11. Staff.. „The AP names its Breakthrough Entertainers of 2017“. ap.org. Associated Press (2017-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 13-dekabr.
  12. Burton, Bryan (April 7, 2018). „John Krasinski Pushed to Cast a Deaf Actress for 'A Quiet Place'. The Hollywood Reporter. Qaraldi: October 11, 2018.
  13. Sippell, Margeaux (December 9, 2018). „John Krasinski on 'A Quiet Place': Casting A Deaf Actress Was 'Non-Negotiable'. Variety. Qaraldi: December 10, 2018.
  14. Crow, David. „A Quiet Place and the Thrill of Making an Original Horror Movie“. Den of Geek. Dennis Publishing (2018-yil 2-aprel). Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  15. Squires, John. „John Krasinski on the Importance of Casting Deaf Actress Millicent Simmonds in 'A Quiet Place'“. Bloody Disgusting (2018-yil 14-mart). Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
  16. 16,0 16,1 Ceron, Ella (December 4, 2018). „Millicent Simmonds Saved the Day in A Quiet Place — Now She's Headed to the Disney Channel“. Teen Vogue. Qaraldi: December 5, 2018.
  17. Gunderson, Alexis. „How Andi Mack Landed A Quiet Place Breakout Millicent Simmonds' First Time Speaking on Camera“. Paste (2019-yil 1-fevral). Qaraldi: 2019-yil 2-fevral.
  18. Lambe, Stacy. „'This Close' Returns With Season 2: Watch Shoshannah Stern and Josh Feldman in an Exclusive New Teaser“. Entertainment Tonight (2019-yil 12-avgust). Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
  19. Ramos, Dino-Ray. „'A Quiet Place' Actress Millicent Simmonds Set To Star In 'Close Up' Pilot At Freeform“. Deadline Hollywood (2019-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-oktyabr.
  20. N'Duka, Amanda. „'Close Up' Mystery Drama Not Moving Forward At Freeform“. Deadline Hollywood (2020-yil 14-may). Qaraldi: 2020-yil 7-iyul.
  21. 21,0 21,1 Collis, Clark (July 15, 2019). „John Krasinski announces A Quiet Place 2 has started shooting“. Entertainment Weekly. October 16, 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: October 4, 2019.
  22. Rubin, Rebecca (March 9, 2020). „How John Krasinski Convinced Emily Blunt to Star in 'A Quiet Place 2'. Variety. Qaraldi: March 10, 2020.
  23. Martin, Annie. „John Krasinski praises Emily Blunt at 'A Quiet Place 2' premiere“. United Press International (2020-yil 9-mart). Qaraldi: 2020-yil 9-mart.
  24. D'Alessandro, Anthony. „'A Quiet Place Part II' Takes Over Memorial Day Weekend Vacated By 'F9'“. Deadline Hollywood (2021-yil 4-mart). Qaraldi: 2021-yil 5-mart.
  25. Staff (August 11, 2021). „Variety's 2021 Power of Young Hollywood Impact List“. Variety. Qaraldi: September 26, 2023.
  26. 26,0 26,1 Staff. „Bumblebees | 2022 Tribeca Festival | Tribeca“. tribecafilm.com. Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  27. 27,0 27,1 Evans, Greg. „Laurie Metcalf & Tatiana Maslany Set For Broadway Thriller 'Grey House'; Joe Mantello Will Direct“. Deadline Hollywood (2023-yil 21-fevral). Qaraldi: 2023-yil 26-fevral.
  28. Travis, Emlyn (June 1, 2023). Grey House review: Laurie Metcalf and Millicent Simmonds delight in a haunting play full of heart“. Entertainment Weekly. Qaraldi: June 2, 2023.
  29. Huston, Caitlin (July 19, 2023). „Broadway's 'Grey House,' Starring Laurie Metcalf, Tatiana Maslany, Sets July 30 Closing Date“. The Hollywood Reporter. Qaraldi: September 26, 2023.
  30. White, Peter. „Millicent Simmonds To Star In & EP TV Adaptation Of Sara Nović's 'True Biz' With Circle of Confusion Television Studios“. Deadline Hollywood (2021-yil 7-iyul). Qaraldi: 2022-yil 9-mart.
  31. Ritman, Alex. „'A Quiet Place' Star Millicent Simmonds Teaming With Rachel Brosnahan for Helen Keller Biopic 'Helen & Teacher'“. The Hollywood Reporter (2021-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.
  32. Wiseman, Andreas. „Lena Headey, Yara Shahidi, Isabela Merced, Lana Condor, Millicent Simmonds & Iris Apatow Set For Buzzy Action Pic 'Ballerina Overdrive' From David Leitch & Kelly McCormick’s 87North: EFM Hot Package“. Deadline Hollywood (2023-yil 8-fevral). Qaraldi: 2023-yil 12-iyul.
  33. Nielsen, Liesl. „Deaf Bountiful girl films lead role in upcoming movie 'Wonderstruck'“. ksl.com. KSL-TV (2017-yil 11-may). Qaraldi: 2017-yil 12-may.
  34. Zilko, Christian. „The Diversity Movement You're Not Hearing About: Actors With Disabilities — Watch“. IndieWire (2019-yil 3-iyun). Qaraldi: 2019-yil 7-iyun.
  35. Rubin, Rebecca. „'A Quiet Place 2,' 'Top Gun: Maverick' Delayed Until 2021“ (2020-yil 23-iyul). Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
  36. Smith, Nigel (August 4, 2020). A Quiet Place's Millicent Simmonds Designs Transparent Masks That Restore Visual Communication“. People. Qaraldi: August 4, 2020.
  37. Bahr, Lindsey. „Entertainers Discuss Disability Representation In Hollywood“. Associated Press (2020-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.
  38. Staff (December 1, 2020). „Today's Teens Are Saving Tomorrow: Seventeen's 2020 Voices Of the Year“. Seventeen. Qaraldi: December 3, 2020.
  39. Nevins, Jake. „American Sign Language Finds Its Spotlight“. T: The New York Times Style Magazine (2021-yil 25-mart). Qaraldi: 2021-yil 25-mart.
  40. Vaughen, Kelly. „Utah movie star gives back to ASL education with Mother's Day necklace“. kutv.com. KUTV (2022-yil 4-may). Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.
  41. Taylor, Elizabeth (March 28, 2024). 'A Quiet Place' Star Millicent Simmonds Says Hollywood is Becoming More Inclusive and Accessible to the Deaf Community: 'People Seem to Be More Open-Minded'. Variety. Qaraldi: April 25, 2024.
  42. 42,0 42,1 „Millicent Simmonds“. bfi.org.uk. British Film Institute. 2018-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 25-fevral.
  43. Stivale, Shelly. „Up and Coming Actress Millicent Simmonds Stars In FRENSHIP's 'Wanted A Name' Music Video“. Tiger Beat (2019-yil 15-fevral). Qaraldi: 2019-yil 25-fevral.
  44. Staff.. „Sundance Now's THIS CLOSE Unveils Season Two Guest Star Lineup“. Broadway World (2018-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 16-oktyabr.
  45. Derrington, Ashley. „Kelly Clarkson releases new ASL video for song 'I Dare You“. Kelly Clarkson (2020-yil 4-may). Qaraldi: 2021-yil 8-iyul.
  46. Hammond, Pete. „Critics' Choice Awards Nominations: 'The Shape Of Water' Leads With 14; Netflix Tops TV Contenders“. Deadline Hollywood (2017-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 13-dekabr.
  47. „2017 FFCC Winners“. floridafilmcritics.com. Florida Film Critics Circle (2017-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 28-mart.
  48. McNary, Dave (March 15, 2018). 'Black Panther,' 'Walking Dead' Rule Saturn Awards Nominations“. Variety. March 16, 2018da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: March 19, 2018.
  49. „'Blade Runner 2049' Leads the 2017 Seattle Film Critics Society Nominations“. seattlefilmcritics.com. Seattle Film Critics Society (2017-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 18-dekabr.
  50. „'Get Out' Is In with D.C. Film Critics“. wafca.com. Washington D.C. Area Film Critics Association (2017-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 18-dekabr.
  51. Benardello, Karen. „The Women Film Critics Circle Awards 2017's Best Movies“. Shock Ya! (2017-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 28-mart.
  52. Staff.. „Critics' Choice Awards winners: See who won big in 2019“. 6abc.com. WPVI-TV (2019-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 31-yanvar.
  53. „Los Angeles Online Film Critics Society Award Winners Announced!“. laofcs.org. Los Angeles Online Film Critics Society (2018-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 31-yanvar.
  54. „'Roma' Named Best Picture of 2018 by Seattle Film Critics Society“. seattlefilmcritics.com. Seattle Film Critics Society (2018-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 31-yanvar.
  55. „'Roma' Feels the Love with D.C. Film Critics“. dcfilmcritics.com. Washington D.C. Area Film Critics Association (2018-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 31-yanvar.
  56. Couch, Aaron. „'Spider-Man,' 'Shang-Chi' Lead Critics Choice Super Awards Film Nominations“. The Hollywood Reporter (2022-yil 22-fevral). Qaraldi: 2022-yil 22-fevral.
  57. Melanson, Angel. „A Full List Of The 2022 Fangoria Chainsaw Awards Winners!“. Fangoria (2022-yil 16-may). Qaraldi: 2022-yil 27-iyul.
  58. Menzel, Scott „'In The Heights' wins Best Picture at the HCA Midseason Awards“. Hollywood Critics Association (2021-yil 2-iyul). Qaraldi: 2021-yil 28-iyul.
  59. Choe, Brandon. „MTV Movie & TV Awards 2022: 'Spider-Man: No Way Home,' 'Euphoria' Lead Winners List“. Deadline Hollywood (2022-yil 5-iyun). Qaraldi: 2022-yil 27-iyul.
  60. Tinoco, Armando „Saturn Awards Nominations: 'The Batman', 'Nightmare Alley', 'Spider-Man', 'Better Call Saul' Top List“ (en-US). Deadline Hollywood (2022-yil 12-avgust). Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.
  61. Khomami, Nadia. „Bond actor Lashana Lynch nominated for Bafta rising star award“. The Guardian (2022-yil 1-fevral). Qaraldi: 2022-yil 2-fevral.