Semyon Milenin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Milenin Semyon Mixaylovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Semyon Mixaylovich Milenin (1903. 13.9, Lugansk shahri, Ukraina — 1966.8.7, Toshkent) — teatr rassomi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). 1936 yildan Toshkentda. Hamza teatrida bosh rassom (1960 yilgacha). M. oʻzbek teatri sanʼati taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Sahna bezaklarining maishiy tafeilotga boyligi, meʼmoriy shakllardagi interyer, eksteryerlar, yorugʻlik effektlaridan samarali foydalanish M.ga spektakllardagi davr va uning oʻziga xos xususiyatlarini toʻliq yoritish imkonini berdi: "Makr va muhabbat" (1936, F. Shiller), "Otello" (1941, U. Shekspir), "Momaqaldiroq" (1938, 1955, A. Ostrovskiy), "Alisher Navoiy" (1945, Uygʻun va I. Sulton), "Hamlet" (1949, U. Shekspir), "Shohi soʻzana" (1952, A. Qahhor), "Yurak sirlari" (1953, B. Rahmonov) va boshqa[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil