Semyon Milenin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Semyon Mixaylovich Milenin (1903. 13.9, Lugansk shahri, Ukraina — 1966.8.7, Toshkent) — teatr rassomi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). 1936-yildan Toshkentda. Hamza teatrida bosh rassom (1960-yilgacha). M. oʻzbek teatri sanʼati taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. Sahna bezaklarining maishiy tafeilotga boyligi, meʼmoriy shakllardagi interyer, eksteryerlar, yorugʻlik effektlaridan samarali foydalanish M.ga spektakllardagi davr va uning oʻziga xos xususiyatlarini toʻliq yoritish imkonini berdi: "Makr va muhabbat" (1936, F. Shiller), "Otello" (1941, U. Shekspir), "Momaqaldiroq" (1938, 1955, A. Ostrovskiy), "Alisher Navoiy" (1945, Uygʻun va I. Sulton), "Hamlet" (1949, U. Shekspir), "Shohi soʻzana" (1952, A. Qahhor), "Yurak sirlari" (1953, B. Rahmonov) va boshqa[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil