Mile Škorić
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 19-iyun 1991-yil | ||
Tavallud joyi | Vinkovci, SR Xorvatiya, | ||
Boʻyi | 1.87 m (6 ft 1 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Osijek | ||
Raqami | 21 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2003—2006 | Cibalia Vinkovci | ||
2006—2010 | Osijek | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008—2011 | Osijek | 27 | (1) |
2011 | Gorica | 11 | (0) |
2012—2013 | HAŠK | 37 | (7) |
2013- | Osijek | 232 | (15) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2013 | Xorvatiya U18 | 7 | (0) |
2017- | xorvatiya | 7 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (25-sentabr 2021-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (29-mart uchun) |
Mile Škorić (talaffuzi: Mile Shkorich) (1991-yil 19-iyun kuni tugʻilgan) — xorvatiyalik futbolchi himoyachi ampulasida oʻynaydi, hozirda Prva HNLning „Osijek“ jamoasida va Xorvatiya milliy futbol jamoasida maydonga tushadi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shkorich oʻz faoliyatini Novi Mikanovtsidagi mahalliy klubda yoshlar darajasida oʻynashdan boshlagan. kKeyinchalik HNK Cibalia Vinkovci akademiyasiga qoʻshilgan[1]. 15 yoshida u 2010-yil fevral oyida oʻzining ilk shartnomasini Osijek jamoasi bilan imzolaganva jamoa tarkibiga qoʻshilgan. Shkorich 2008-yilning 22-martida 2007/08-yilgi mavsumning 25-turida Zadarga qarshi kechgan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda asosiy jamoada zahiradan maydonga tushib debyut qilgan[2]. U Prva HNLdagi ilk golini 2010-yil 23-oktyabrda Rijekaga qarshi safarda 5:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritgan[3]. 2011-yilda u Osijek jamoasini tark etgan va yarim mavsumni Gorica bilan Druga HNLda oʻtkazgan va mavsum oxirida shu divizionning HAŠK jamoasiga oʻtgan. Shkorich 2013/14-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Osijek jamoasiga qayta[4]. Shkorich 2017-yilda markaziy himoyachi ampulasiga joylashishidan oldin yuqori diviziondagi bir nechta futbol jamoalarida yarim himoya chizigʻida oʻynagan. Uning tashqi koʻrinishi futbolchiga „Zidane iz Novih Mikanovaca“ (Novi Mikanovclik Zidan) laqabini olishiga sabab boʻlgan[5].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Klub | Divizion | Liga | Kubok | Yevropa | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | |||
2007—2008 | Osijek | 1. HNL | 1 | 0 | - | - | 1 | 0 | ||
2008—2009 | 9 | 0 | 1 | 0 | - | 10 | 0 | |||
2009-10 | 12 | 0 | 1 | 0 | - | 13 | 0 | |||
2010—2011 | 5 | 1 | 1 | 0 | - | 6 | 1 | |||
2011—2012 | Gorica | 2. HNL | 11 | 0 | - | - | 11 | 0 | ||
HAŠK | 12 | 1 | - | - | 12 | 1 | ||||
2012—2013 | 25 | 6 | - | - | 25 | 6 | ||||
2013—2014 | Osijek | 1. HNL | 23 | 3 | 1 | 0 | - | 24 | 3 | |
2014—2015 | 31 | 4 | 1 | 0 | - | 32 | 4 | |||
2015—2016 | 23 | 2 | 3 | 0 | - | 26 | 2 | |||
2016—2017 | 22 | 0 | 3 | 0 | - | 25 | 0 | |||
2017—2018 | 31 | 1 | 3 | 0 | 8 | 0 | 42 | 1 | ||
2018—2019 | 34 | 3 | 3 | 0 | 3 | 0 | 40 | 3 | ||
2019—2020 | 31 | 1 | 4 | 1 | 2 | 0 | 37 | 2 | ||
2020—2021 | 30 | 1 | 3 | 1 | 1 | 0 | 34 | 2 | ||
2021—2022 | 7 | 0 | 0 | 0 | 4 | 1 | 11 | 1 | ||
Osijekda jami | 259 | 16 | 24 | 2 | 18 | 1 | 301 | 19 | ||
Karyerada jami | 307 | 23 | 24 | 2 | 18 | 1 | 349 | 26 | ||
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shkorich ilk bor Xorvatiya terma jamoasidan 2017-yilning 28-may kuni Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etish uchun chaqiruv olgan. Uning ilk musobaqasi 2019-yil 8-iyun kuni Yevro-2020 saralashida Uelsga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.
U UEFA Millatlar Ligasi doirasida Portugaliyaga qarshi oʻyinda maydonga tushish uchub Osijekdan Splitga (6 soatlik yoʻl mashinada) oʻzi haydab borgan. 2020-yil 17-noyabrdagi oʻyindan bir necha kun oldin Zlatko Dalich barcha markaziy himoyachilarini jarohatlar va COVID tufayli ishtirokchilar roʻyhatiga kirita olmagan. Shkorich oʻyindan ikki kun oldin dastlabki tarkibga qoʻshilgan. U oʻyindagi harakatlari uchun olqishlarga sazovor boʻlgan.
Shkorich Xorvatiyaning Yevro-2020 terma jamoasida ishtirok etgan, biroq turnir davomida birorta ham oʻyinda maydonga tushmagan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Razgovor: Mile Škorić (Wayback Machine saytida 2017-09-29 sanasida arxivlangan) at SiB.hr
- ↑ HRnogomet.com
- ↑ HRnogomet.com
- ↑ „HRsport.net“. 2013-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
- ↑ telesport.telegram.hr