Kontent qismiga oʻtish

Mikrotsefaliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mikrotsefaliya (mikro... va yun. kephale — bosh) — rivojlanish nuqsoni; gavdaning boshqa qismlari raso boʻlgani holda kalla suyagi va bosh miyaning kichikligi. Homiladorlikda onaning virusli kasalliklar bilan ogʻrishi, toksoplazmoz, baʼzan homilaning meningoensefalit boʻlishi M.ga sabab boʻladi. M.da aqliy rivojlanishdan orqada qolish kuzatiladi. Bunda esipastlikning yengilroq xilidan to telbalikkacha boʻlgan shakli uchrashi mumkin. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil