Mikrosʼyomka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mikrosʼyomka — detal va obʼyektlardan fotosurat yoki kinosuratga kattalashtirib olish. M. optik mikroskop yordamida 3500 martagacha, elektron mikroskop yordamida 100000 martagacha kattalashtirib olinadi. Detal yoki obʼyekt tasvirini yorugʻ sezgir materi-allarga tushirishda yo faqat mikro-skopning optik tizimi, yo bulmasa, foto yoki kinoapparatning "mikroskop + obʼyektiv" tizimi qatnashadi. Eng odsiy mikroqurilma mikroskop va 16 yoki 35 mm li lentali kinoapparatdan iborat. Ilmiy tadqiqotlar uchun murakkab mikroqurilmalar ishlab chiqariladi. M. — detal va obʼyektlarning tashqi koʻrinishi, strukturasi va ularda oʻtadigan jarayonlarni Urganish uchun fan va texnikaning turli sohalarida, qishloq xoʻjaligida keng qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil