Mikromodul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mikromodul (radi otexnikada) — ixcham mikroelementlari (elektr va radioelementlari) zich joylashtirilgan radioelektron apparaturaning ixcham modeli. Yupqa plastinkalardan iborat mikroelementlar — rezistorlar, kondensatorlar, yarimoʻtkazgichlar, diodlar, tranzistorlar va boshqalardan yigʻiladi (plastinkalar orasiga zichlovchi polimer kompaund quyiladi). M.ning javonsimon, tabletkasimon, silindr shaklidagi, yassi xillari bor. M. samolyot va kemaning radioelektron apparatlarida, radiotexnika asboblarida ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil