Mikromanipulyator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mikromanipulyator (mikro... va manipulyator) — maxsus asboblarning nozik va aniq harakatlarini mikroskop orqali amalga oshirishga, mas, toʻqimalarda murakkab amallar (operatsiyalar)ni bajarishga imkon beradigan asbob. Mikroskop va shtativlardan iborat. Bajariladigan amallar mikroskop orqali kuzatib turiladi. Shtativlarga mikroqurollar (igna, skalpel, rezina soʻrgich va boshqalar) qistirib qoʻyiladi. Shtativlar oʻzaro perpendikulyar uch tekislikda harakatlanishi mumkin. Mikroqurollarning harakaglanuvchi uchlari amallar bajariladigan va obʼyektlar joylashtiriladigan kameraga kirib turadi. M. pnevmatik (havoli), gidravlik (moyli), mexanik yoki elektr usullarda boshqariladi. Hozir ishlatilayotgan M. modellarida televizion, elektron va boshqa moslamalar ham qoʻllanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil