Mikrokator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mikrokator — detallarning chiziqli oʻlchamlarini oʻlchash uchun ishlatiladigan asbob. Ishi tegishish (kontakt) usuliga asoslangan. Choʻzilganda maʼlum burchakka buriladigan lentasimon prujinadan iborat oʻzgaruvchan elementi (mexanizmi) bor. Oʻlchanadigan uzunlikni prujinaning oʻrtasiga mahkamlangan shkala mili koʻrsatadi. M. mexanizmi ixcham prujinali oʻlchash kallaklari — mikatorlarda, prujinarichagli indikatorlar—minikatorlarda, prujina-optik oʻlchash kallaklari — optikatorlarda qoʻllaniladi. M.ning oʻlchash aniqligi + 0,5%.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil