Kontent qismiga oʻtish

Michele Ferrero

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Michele Ferrero
Fayl:Michele Ferrero.jpg
Tavalludi 26-aprel 1925-yil
Vafoti 14-fevral 2015-yil(2015-02-14)
(89 yoshda)
Monte Carlo, Monaco
Fuqaroligi Italian
Kasbi Ferrero SpA egasi
Turmush oʻrtogʻi Maria Franca Fissolo[1]
Bolalari Pietro
Giovanni
Otasi Pietro Ferrero
Onasi Piera Cillario
Mukofotlari
"Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xoch ordeni" ordeni kavaleri
"Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xoch ordeni" ordeni kavaleri
Veb-sayti ferrero.com

Michele Ferrero (Italyancha talaffuzi: miˈkɛːle ferˈrɛːro , 1925-yil 26-aprel – 2015-yil 14-fevral) – italiyalik milliarder biznesmen edi. U shokolad ishlab chiqaruvchi Ferrero shirkatiga egalik qilgan. Yevropadagi ikkinchi yirik qandolatchilik kompaniyasi otasining kichik novvoyxonasi va kafesidan ishlab chiqqan[2]. Uning birinchi katta muvaffaqiyati mashhur Nutellani tayyorlash uchun anʼanaviy gianduja pastasiga oʻsimlik yogʻini qoʻshish edi[3][4][5][6][7][8].

Mishel Ferrero 1925-yil 26-aprelda Dogliani shahrida Ferrero kompaniyasiga asos solgan Pietro Ferrero va uning rafiqasi Piera Cillarioning oilasida tugʻilgan.

1949-yildan shirkatda ishlay boshladi[9].

2008-yil mart oyida Silvio Berlusconini ortda qoldirib, Italiyadagi eng boy odami boʻlgan edi. 2014-yil may oyida Bloomberg Billionaires Index Ferreroni dunyoning eng boy odamlari roʻyxatida 20-oʻringa qoʻydi[10].

Ferrero brendlari qatoriga Nutella, Mon Chéri, Kinder Chocolate, Ferrero Rocher, Tic tac va Kinder Eggs kiradi.

1997-yildan boshlab uning oʻgʻillari Giovanni Ferrero va Pietro Ferrero kompaniyani birgalikda boshqargan[11][12]. Pietro 2011-yil 18-aprelda Janubiy Afrikada velosiped haydash paytida yurak xurujidan vafot etganidan soʻng, Giovanni yagona bosh direktor boʻldi.

Ferrero 1962-yilda Maria Franka Fissologa uylandi. Ular Giovanni Ferrero va kichik Pietro Ferrero ismli ikki oʻgʻil koʻrishdi.

U katolik edi. Har bir zavod va idoraga Madonna qoʻygan[13]. Ferrero 2015-yilning 14-fevralida Monakoning Monte-Karlo shahridagi uyida 89 yoshda vafot etdi[14][15][16][17][18].

  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named "history".
  2. Various. Hachette Children's Yearbook& Infopedia 2016. Hachette India, 30 October 2015 37-bet. ISBN 978-93-5195-041-7. 
  3. „Sweet secrets“, The Economist, 90-bet, 21 February 2015
  4. Forbes Michele Ferrero (Wayback Machine saytida 13-noyabr 2010-yil sanasida arxivlangan) (ingl.)
  5. Istoriya kompanii Ferrero (Wayback Machine saytida 28-fevral 2010-yil sanasida arxivlangan)(rus.)
  6. Ferrero Group (Wayback Machine saytida 22-iyul 2010-yil sanasida arxivlangan) (ingl.)
  7. „Сын основателя кондитерской компании Ferrero погиб в ЮАР“. Взгляд.ру (2011-yil 18-aprel). 2012-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2011-yil.
  8. „Morto in Sud africa Pietro Ferrero, ad del gruppo della Nutella“ (italyancha). Corriere della Sera (2011-yil 18-aprel). 2012-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2011-yil.
  9. Hooper, John. „Ferrero unwrapped: Italy's secretive confectioner opens its doors“. The Guardian (2011-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 14-fevral.
  10. „Bloomberg Billionaires Index“. Bloomberg LP. 2012-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-dekabr.
  11. Ferrero SpA – Company History.
  12. „#22: Michele Ferrero & family“. Forbes (2014-yil 3-mart). Qaraldi: 2019-yil 2-sentyabr.
  13. Hooper, John. „Ferrero unwrapped: Italy's secretive confectioner opens its doors“. The Guardian (2011-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 14-fevral.
  14. Rhodan, Maya. „World's Richest Candy Maker and Nutella Founder Died on Valentine's Day“. Time (2015-yil 15-fevral).
  15. „La Stampa“. 2019-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-yanvar.
  16. „Cattedrale gremita per la Messa in memoria di Michele Ferrero - Gazzetta d'Alba - Dal 1882 il settimanale di Alba, Langhe e Roero“. Gazzettadalba.it. Qaraldi: 2016-yil 19-may.
  17. Cavaliere di Gran Croce Ordine al Merito della Repubblica Italiana Dott. Michele Ferrero(ital.)
  18. Cavaliere del Lavoro Michele Ferrero(ital.)