Michael Garteig

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Michael Garteig
Tugʻilgan joyi 5-noyabr 1991-yil (1991-11-05) (32 yosh)
Prince George, British Columbia, Canada
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 190 lb (86 kg; 13 st 8 lb)
Pozitsiyasi darvozabon
DEL
Sobiq jamoalar
ERC Ingolstadt
Utica Comets
Toronto Marlies
Tappara
Jamoalardagi faoliyat 2016—hozirgacha

Michael Garteig (talaffuzi: Maykl Garteig) (1991-yil 5-noyabrda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Michael Garteig hozirda Deutsche Eishockey Liga (DEL) vakili „ERC Ingolshtadt“ xokkey jamoasida oʻynaydi. Michael Garteig ilgari Amerika Xokkey Ligasining „Utica Comets“ va „Toronto Marlies“ xokkey jamoalarida oʻynagan.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Michael Garteig toʻrt mavsum davomida Britaniya Kolumbiyasi Xokkey Ligasida „Powell River Kings“ va „Penticton Vees“ xokkey jamoalarida oʻynagan. Michael Garteig 2011—2012-yillarda BCHL Top Goaltender mukofotini qoʻlga kiritgan va 2012-yilda Royal Bank kubogi sovrindori "Penticton Vees" xokkey jamoasi aʼzosi boʻlgan.

Michael Garteig keyin „Quinnipiac Bobcats“ xokkey jamoasi uchun kollegial xokkey oʻynadi. Michael Garteig oʻzining toʻrtinchi mavsumida „Quinnipiac Bobcats“ xokkey klubini ECAC chempionatiga va NCAA finaliga olib chiqdi. „Quinnipiac Bobcats“ jamoasi bilan oʻtkazgan toʻrt mavsumi davomida Michael Garteig 78-25-16 rekordini toʻpladi[1].

„Quinnipiac Bobcats“ xokkey jamoasidagi toʻrt mavsumidan soʻng Michael Garteig „Vancouver Canucks“[2][3][4] xokkey jamoasi bilan bir yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Michael Garteig 2016-yilgi mavsum uchun „Vancouver Canucks“ klubining Amerika Xokkey Ligasi filiali „Utica Comets“ xokkey jamoasiga yuborildi[5]. „Vancouver Canucks“ xokkey jamoasining 2016-yilgi rivojlanish lagerida istiqbol sifatida ishtirok etganidan soʻng, Michael Garteig 2016-yil 29-sentyabrda „Utica Comets“ xokkey jamoasi safiga qoʻshildi[6]. Keyin Michael Garteig ECHLning „Alaska Aces“ xokkey jamoasiga yuborildi. 2016-yilning 17-noyabrida Michael Garteig „Alaska Aces“ klubidan „Canucks“ jamoasi safiga chaqirilgan edi[7]. Ammo 2016-yilning 19-noyabrida Canucks Media Michael Garteigning „Aces“ klubi safiga qaytishini eʼlon qildi[8][9].

2017-yil 24-avgustda Michael Garteig faoliyatini „Utica Comets“ xokkey jamoasi bilan davom etish uchun bir yillik AHL shartnomasini imzoladi[10].

Shundan keyin, Michael Garteig 2019-yil 19-iyunda Finlandiya liigasining eng yaxshi klubi „Tappara“ xokkey klubi bilan shartnoma imzolab, Yevropadagi karyerasini boshladi[11]. Keyingi 2019—2020-yilgi mavsumda „Tappara“ xokkey klubining asosiy darvozaboni sifatida Michael Garteig 39 ta oʻyinda maydonga tushdi. Shuningdek, Michael Garteig klubga muntazam mavsumni turnir jadvalida uchinchi oʻrinda yakunlashiga yordam berdi. Pley-off oʻyinlari COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilingan edi.

Michael Garteig 2020-yil 8-sentyabrda Germaniyadagi DEL vakili „ERC Ingolshtadt“ xokkey klubi bilan 2020—2021-yilgi mavsum uchun bir yillik shartnoma imzolash orqalo Yevropada qoldi[12].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gʻalaba Magʻlubiyat Minut Oʻyin Gʻalaba Magʻlubiyat Minut
2009—2010 Powell River Kings BCHL 26 15 11 1564
2010—2011 Powell River Kings BCHL 48 36 8 2805
2011—2012 Penticton Vees BCHL 45 41 4 2578
2012—2013 Quinnipiac University ECAC 5 0 1 118
2013—2014 Quinnipiac University ECAC 40 24 10 2409
2014—2015 Quinnipiac University ECAC 36 22 10 2153
2015—2016 Quinnipiac University ECAC 43 32 4 2581
2016—2017 Alaska Aces ECHL 22 11 6 1176
2016—2017 Utica Comets AHL 8 0 4 419
2017—2018 Kalamazoo Wings ECHL 24 12 10 1403
2018—2019 Newfoundland Growlers ECHL 43 23 14 2534 23 16 7 1423
2018—2019 Toronto Marlies AHL 2 1 1 119
2019—2020 Tappara Liiga 34 15 9 1968
Liiga (jami) 34 15 9 1968

Mukofot va unvonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofot Yil
BCHL
Wally Forslund xotira kubogi 2011
Eng yaxshi darvozabon 2011, 2012
Birinchi yulduzlar jamoasi 2012
Kollej
ECAC uch yulduzli jamoa 2015, 2016
ECAC barcha turnirlar jamoasi 2016
ECHL
Kelly kubogi (Newfoundland Growlers) 2019 [13]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Michael Garteig player profile“. Quinnipiac Bobcats (2017-yil 4-iyul). Qaraldi: 2019-yil 4-iyul.
  2. „Canucks sign goaltender Michael Garteig“. Canucks Media (2016-yil 29-aprel). Qaraldi: 2016-yil 28-iyun.
  3. QU Sports Information. „Michael Garteig signs with NHL's Vancouver Canucks“. Quinnipiac Bobcats Media (2016-yil 29-aprel). Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
  4. Chip Malafronte. „Quinnipiac's Garteig leaves lasting legacy for Bobcats“. New Heaven Register (2016-yil 29-aprel). Qaraldi: 2016-yil 29-iyun.
  5. „Comets Player Tracker“. Qaraldi: 2016-yil 30-iyun.
  6. „Canucks assign Garteig to Comets“. Vancouver Canucks (2016-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 29-sentyabr.
  7. „Canucks recall goaltender Michael Garteig from ECHL Alaska Aces“. Sportsnet. Canadian Press (2016-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 18-noyabr.
  8. „Canucks reassigned @michaelgarteig to @AlaskaAces“ (2016-yil 19-noyabr).
  9. Canucks Media Relations. „Garteig re-assigned to Aces“ (2016-yil 19-noyabr).
  10. „Comets sign Goaltender Michael Garteig“. Utica Comets (2017-yil 24-avgust). Qaraldi: 2017-yil 24-avgust.
  11. „Tappara sign Canadian Michael Garteig“ (Finnish). Tappara (2019-yil 19-iyun). Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
  12. „ERC signs goaltender Garteig“ (German). ERC Ingolstadt (2020-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 8-sentyabr.
  13. „Kelly Cup win is like 'a dream' for Newfoundland Growlers“. cbc.ca (2019-yil 5-iyun). Qaraldi: 2019-yil 8-iyun.