Michael Anagnos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Michael Anagnos
Tavalludi 7-noyabr 1837-yil
Vafoti 29-iyun 1906-yil(1906-06-29)
(69 yoshda)
Romania
Fuqaroligi Yunoniston va AQSh[1]
Kasbi Pedagog

Michael Anagnos – (yunoncha: Μιχαήλ Αναγνωστόπουλος/Ανάγνος; 1837-yil 7-noyabr – 1906-yil 29-iyun) Perkins koʻzi ojizlar maktabining ishonchli vakili va keyinchalik ikkinchi direktori edi. U yozuvchi, pedagog va huquq himoyachisi edi. Anagnos Helen Keller bilan qilingan ishi bilan mashhur[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Michael Anagnos 1837-yil 7-noyabrda oʻsha paytda Usmonlilar imperiyasining bir qismi boʻlgan Epirus togʻli hududidagi Papingo qishlogʻida tavallud topgan. Uning otasi Teodor Demetrios va onasi Kallina Panayiotes edi. Uning otasi dehqon va choʻpon boʻlib, oʻgʻlini tarbiyalashga katta eʼtibor bergan. Viloyat uchun Usmonlilar imperiyasi qonunlari toʻsqinlik qilmagan va ular sultonga maxsus soliq toʻlaganlar. Usmonlilar imperiyasi askarlari qishloqqa hech qachon kelishmagan. Anagos Ioannina shahridagi oʻrta maktabga bordi va oʻn toʻqqiz yoshida Afina Milliy va Kapodistrian Universitetida oʻqidi. Keyingi toʻrt yil davomida u yunon, lotin, fransuz tillarini va falsafani oʻrgandi. Oʻqishni tamomlagandan soʻng Anagnos siyosatshunos va jurnalist boʻlish niyatida uch yil huquqni oʻrgandi. 24 yoshida u Afinaning kundalik gazetasi „Ethnophylax“ ga ishga kirdi. Keyinchalik u bu gazetada bosh muharrir boʻldi[3][4]. Anagnos Amerika Qoʻshma Shtatlariga 31 yoshida kelgan. U Xoular oilasining shaxsiy oʻqituvchisi edi, Xou, shuningdek, [[Perkins koʻzi ojizlar maktaning asoschisi edi. Anagnos bir nechta koʻzi ojiz bolalarga lotin va yunon tillarini oʻrgatishni boshladi. Qoʻshma Shtatlarda bir necha yil oʻtgach va Xouning yordami bilan Anagnos turli kollejlarda yunon tilidan dars bera boshladi. U 1870-yil dekabr oyida Xouning qizi Julia Romana Xouga uylandi. Anagnosning doimiy uyini Bostonga koʻchirdi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]