Michael Allen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Michael Allen
Tavalludi 21-iyun 1964-yil (1964-06-21) (59 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Siyosiy sharhlovchi, yozuvchi, jurnalist.
Otasi Gary Allen

Michael Allen (talaffuzi: Maykl Allen; 1964-yil 21-iyunda tugʻilgan) — amerikalik siyosiy jurnalist. Michael Axios asoschilaridan biri, ijrochi muharrir va Politiconing sobiq bosh siyosiy muxbiri. Politicoʻda boʻlganida, u kundalik Playbook yozgan. 2010-yil aprel oyida Oq uyning aloqa boʻyicha direktori Dan Pfeiffer bilan uchrashadi. Shu sababli The New York Times uni „Oq uyda kash etilgan jurnalist“ deb atagan[1]. 2007-yilda Politico ishga tushishidan oldin u koʻplab boshqa nashrlarda ishlagan. Bular qatorida The New York Times va Time gazetalari ham bor.

The New York Times gazetasining xabar berishicha, Allen 2016-yil 11-iyuldan keyin Playbook yozishni toʻxtatadi. Keyinchalik Playbook yozishni Politico xodimlari Daniel Lippman, Anna Palmer va Jake Sherman oʻz zimmasiga oldi[2].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Allen Kaliforniyaning Orange okrugida ulgʻaygan. Uning otasi yozuvchi, taniqli jamiyati vakillaridan biri Gari Allen edi.

Michael Vashington universitetida oʻqish uchun mamlakatning sharqiga koʻchib oʻtgan. U 1986-yilda siyosat va jurnalistika boʻyicha ikki tomonlama mutaxassislikni tamomlagan[1]. Allenning otasi oʻsha yili (1986-yil) vafot etgan va Allen Nwe York Timesda otasining faoliyati haqida batafsil maʼlumot bergan[3][1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Michaelning birinchi hisobot ishi Fredericksburg Free Lance-Star bilan boʻlgan. U Richmond Times-Dispatch, The Washington Post, The New York Times va Time kabi gazetalarida ishlagan[4].

Allbritton Communications tomonidan boshlangan Vashingtonda joylashgan bosma va onlayn nashrda Allen kundalik maqola yozgan[5]. 2010-yil aprel oyida The New York Times gazetasi maqolalar uchun yillik 780 000 dollar daromad olishini aytib oʻtgan[1].

Allen The New York Times jurnalining 2010-yil 25-apreldagi nashri uchun „Oq uyda kashf etilgan jurnalist“ nomli maqolada tasvirlangan. Ko‘pchilik uni Vashingtondagi eng tajribali jurnalistlardan biri deb bilar edi[1].

2022-yil aprel oyida Michael AQShning 2001-yildan 2021-yilgacha Afgʻonistondagi harbiy amaliyotlarini toʻliq oʻrganish uchun kirishadi. Senat Qurolli kuchlar qoʻmitasi tomonidan tayinlangan Afgʻonistondagi urushni oʻrganish komissiyasiga rahbarlik qildi[6][7].

Kamchilik va yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Allen Vashington shahrining siyosati va madaniyatining yuzaki jihatlariga eʼtibor qaratgani uchun tanqidga uchragan[8][1]. 2013-yil noyabr oyida Erik Wample The Washington Post gazetasida Allen moddiy mablagʻ evaziga Politiconi ijobiy yoritishga vaʼda bergani haqida yozgan[9]. Shunda Michael jamoatchilikka izoh berishdan bosh tortgan[10]. Jonathan Chait esa bu holatni „tan olish“ deb taʼriflagan[11]. Alex Pareene ham uning ishini „biznes manfaatlari uchun haq toʻlanadigan advokatdan ajratib boʻlmaydi“, — deb taʼriflagan[12].

2004-yilda Michael Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasining Merriman Smith xotira mukofotiga sazovor boʻlgan. Mukofot Allenga sobiq prezident George W. Bush Bagʻdodga (Iroq) yashirin safari haqidagi xabari uchun berilgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mark Leibovich Allen haqida shunday deydi: „Michael yolgʻizlikni yaxshi koʻradigan shaxs boʻlib, koʻplab doʻstlari uning qayerda yashashini bilmasdi. Doʻstlarining hech biri uning uyida boʻlmagan[1]“. Ilgari uni tanigan hamkasbi Allenni „oʻzi ishlaydigan nashriyot binolari“ orasida yashayotganini aytgan[13][4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Leibovich, Mark. „The Man the White House Wakes Up To“. The New York Times (2010-yil 21-aprel). 2013-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-fevral.
  2. Rutenberg, Jim. „Mike Allen, Politico’s Newsletter Pioneer, Is Handing Over the Reins“. The New York Times (2016-yil 21-iyun). Qaraldi: 2016-yil 21-iyun.
  3. AP. „Gary Allen, 50, Dies in West - Spread Conservatives' View - Obituary“. The New York Times (1986-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 30-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 Cunningham, Brent. „A Compulsion To Know: CJR’s 2000 profile of Mike Allen“. Columbia Journalism Review, April 21, 2010. Originally published in the July/August 2000 issue. Archived from the original. Retrieved December 4, 2015.
  5. Reporter Bio: Mike Allen Politico.
  6. „Armed Services Committees Leadership Announces Selections for Afghanistan War Commission“ (en). www.inhofe.senate.gov. 2022-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-aprel.
  7. Martin. „Congressional Armed Services Committee Leaders Unveil Afghanistan War Commission Members“ (en-US). executivegov.com (2022-yil 4-aprel). Qaraldi: 2022-yil 9-aprel.
  8. The New Republic
  9. „Erik Wemple“. The Washington Post.
  10. Chittum. „Politico’s Mike Allen goes native“. Columbia Journalism Review. Qaraldi: 2015-yil 4-dekabr.
  11. Chait. „Politico Stonewalls Mike Allen Payola Scandal“. New York magazine. Qaraldi: 2015-yil 4-dekabr.
  12. Pareene. „Hack List: Mike Allen“. Salon. Qaraldi: 2015-yil 4-dekabr.
  13. Cook. „This Is a Picture of Politico Star Mike Allen's Old Office at Time“. Gawker. 2015-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]