Mezonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mezonlar (yun. mesos — oʻrta oraliq) — oʻzaro kuchli taʼsirlashadigan zarralar (adronlar) qatoriga kiradigan beqaror elementar zarralar. M. barion zaryadi yoʻqligi va nolga teng yoki butun sonli spinga ega boʻlgan barionlardan farq qiladi. Dastlab kashf etilgan p- va K-mezonlar massasining proton hamda elektron massalari oraligʻida turishi bu elementar zarralarning M. deb atalishiga sabab boʻlgan. ya-mezon va K-mezonning atom yadrolari, shuningdek, nuklonlar bilan oʻzaro taʼsiri elektromagnit oʻzaro taʼsirga nisbatan juda kattadir. M.ning koʻpchiligi kosmik nurlarning atom yadrolari bilan toʻqshanuvini oʻrganishda aniqlangan.

M.ning umumiy va asosiy xossalaridan biri, ularning oʻz-oʻzidan yemirilish (parchalanish) xususiyatidir. M.ning atom yadrolari, nuklonlar va boshqa elementar zarralar bilan taʼsirlashuvi va sochilishidan elementar zarralar strukturam, taʼsir parametrlari, rezonans zarralar, oʻzaro taʼsirdagi zarralar xossalari kabi muhim natijalar olingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil