Mezon al-e’tidol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mezon al-e’tidol
Asl nomi ميزان الاعتدال
Muallif(lar) Imom Zahabiy (vaf. 748/1348)
Til arabcha
Janr(lar)i Ilmi rijol

“Mezon al-e’tidol” (arab. ميزان الاعتدال) yoki “Mezon al-e’tidol fi naqd ar-rijol” – Imom Zahabiyning (vaf. 748/1348) ilmi rijol boʻyicha yozilgan eng muhim asarlaridan biri[1][2].

“Mezon al-e’tidol” Ibn Adiy al-Jurjoniyning (vaf. 277 hijriy) “al-Komil fi zu’afo ar-rijol” nomli kitobini qayta ishlash natijasida vujudga kelan. Imom Zahabiy uni kengaytirib, takomillashtirgan va yangi asarini “Mezon al-e’tidol” deb atagan. U ilmi rijol (roviylarni baholash) sohasidagi eng mashhur kitoblardan biri boʻlib, 3000 sahifadan ortiq nashri besh jildda chop etilgan[3]. Kitob alifbo tartibida yozilgan boʻlib, unda muallif yolgʻonchi, noma’lum va tark etilishi kerak boʻlgan roviylarni aniqlagan. Shuningdek, u zaif roviylarni xotirasi yoki boshqa baʼzi kamchiliklari tufayli darajasi past boʻlgan hadis olimlaridan ajratadi. Shuningdek, ba’zi muhaddislarda uchrashi mumkin boʻlgan va roviyning zaifligi haqida noaniq baho beruvchi gaplardan qochishga harakat qilgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Mizan al-I'tidal fi Naqd ar-Rijal - Dhahabi ('Ilm Jarh wa Ta'dil)“. www.sifatusafwa.com. Qaraldi: 2-may 2020-yil.
  2. Mizan al-i'tidal. OCLC 219635969. 2-may 2020-yilda qaraldi. 
  3. „Mizan al-I'tidal fi Naqd al-Rijal“. www.loohpress.com. 2019-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-may 2020-yil.
  4. „Mizan al-I'tidal fi Naqd ar-Rijal - Dhahabi ('Ilm Jarh wa Ta'dil)“. www.sifatusafwa.com. Qaraldi: 2-may 2020-yil.