Mevali ahmoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fruit Fool (mevali ahmoq) (inglizcha: Fruit fool — anʼanaviy ingliz shirinligi. Uning asosiy tarkibiy qismi krijovennik kompotidan olinadigan quyqadir (pyure). Pyure shirin qaynatilgan krem bilan birga umumiy idishga solinadi, soʻngra bezatilib, dasturxonga tortiladi. Zamonaviy retseptlarda, koʻpincha, qaynatilgan krem oʻniga koʻpirtirilgan qaymoqdan foydalanilmoqda.

Paydo boʻlishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mevali Ahmoq

Krijovenli shirinlikning kelib chiqishi XV asrlarga borib taqalishi ehtimol. Biroq, birinchi marta mevali ahmoq shirinligi 1598-yildagi qaydnomalarda aniq uchraydi. Unda quyuq qaymoqdan tayyorlanuvchi shirinlik sifatida tilga olinadi. Mevali ahmoqning saqlanib qolgan eng qadimgi resepti namunasi XVII asr oʻrtalariga toʻgʻri keladi[1].

Nima uchun inglizchadagi „fool“ („ahmoq“) soʻzi ushbu mevali desert nomiga kiritilganligining sabablari nomaʼlum. Baʼzi mualliflar fikricha, bu nom fransuzcha fouler feʼlidan kelib chiqqan. Fouler, „bosmoq“ yoki „ezmoq“ degan maʼnolarnbi anglatadi (vino qilish uchun uzum siqilishi shu soʻz bilan ifodalanadi) [2]. Biroq, Ingliz tilining Oksford izohli lugʻatida bu fikr rad etilgan. „Mayda rezavor“ yoki „arzimas“ maʼnosidagi trifle soʻzi ham dastlab ushbu taomning nomi sifatida ishlatilgan [3], lekin keyinchalik boshqa bir shirinlik shunday atalgan.

Dastlab, shirinlikning eng keng tarqalgan tarkibi krijovnik rezavori boʻlgan. Ilk reseptlarda boshqa meva va rezavorlardan ham foydalanilgan, albatta. Masalan, shirinlikka krijovnik oʻrniga olma, qulupnay, rovoch yoki malina qoʻshilishi mumkin. Zamonaviy retseptlarda esa har qanday mavsumiy meva va rezavorlardan foydalaniladi. Ammo, krijovnik asosiy rezavor boʻlib qolmoqda.[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Garmey, Jane. Great British Cooking: A Well Kept Secret : [англ.]. — New York, 1981
  2. Хиблер Д 2000.
  3. "Three British Desserts: Syllabub, Fool and Trifle" & 13 мая 2010 г.
  4. The compleat cook : [англ.]. — anonymous (W.M.). — 1658.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • The Berry Bible, Harper Collins Publishers. — 2000. — 306 s.
  • Diani Serbe. „Three British Desserts: Syllabub, Fool and Trifle“ : Statya. — 13-maya 2010 g. — 306 s.* Robert Mey. Sovershenniy povar.. — 1660—1685 g.