Metrit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Metrit (yun. metra — bachadon) — bachadon muskul qavatning yalligʻlanishi; asosan, shilliq qavatining yalligʻlanishi (metroendometrit) bilan birga kechadi. Oʻtkir va surunkali M. ajratiladi. Oʻtkir M., odatda, abortdan ke-yin (ayniqsa, kasalxonadan tashqarida qilingan), tugʻish asorati, shuningdek, infeksion kasalliklar (tif, difteriya, vabo va boshqalar) oqibatida kelib chiqadi. Oʻtkir M.da gavda temperaturasi koʻtariladi, qindan yiringli, baʼzan qonli yiringli ajralma keladi, qorin pastida ogʻriq boʻladi, bachadon kattalashadi va bezillab ogʻriydi. Vaqt oʻtishi bilan oʻtkir M. surunkali shakliga oʻtadi yoki mustaqil kasallik sifatida rivojlanadi, goho yalligʻlanish jarayoni tuxumdan, Fallopiy nayi va qorin boʻshligʻita tarqalishi mumkin.

Kasallik belgilariga qarab davo qilinadi. Antibiotiklar, sulfanilamid preparatlar, ogʻriq qoldiruvchi dorilar buyuriladi; surunkali M.da fizioterapiya tavsiya etiladi.

... METRIYA (yun. metreo — oʻlchayman) — qoʻshma soʻzlar boʻlagi. Oʻlchovlar, miqdorlar oʻrtasidagi nisbatlarga aloqadorlikni bildiradi (mas, geometriya, fotometriya).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil