Metamikt minerallar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Metamikt minerallar (yun. metamiktos — aralashgan) — minerallar guruhi; ularda tashqi qiyofasi saqlangan holda vaqt oʻtishi bilan kristallik tuzilishi asta-sekin yemirilib, metamikt holatiga, yaʼni amorf shakliga oʻtadi. Kristallik strukturaning oʻzgarishi, asosan, radioaktiv parchalanish yoki mineral tarkibidagi yetakchi komponentlar va qoʻshimcha elementlar shaklidagi beqaror elementlar yoki ular izotoplarining oʻzgarishi hisobiga sodir boʻladi. Atomlarning siljishi mineralda potensial energiyaning toʻplanishiga (Vegner energiyasi) olib keladi. Shunday izotoplardan eng muhimlari: U235, U238, Th232, Ra226, K40 va boshqa Bu elementlarning asl minerallarida kristallar toʻliq parchalanadi, biroq ushbu elementlar qoʻshilgan kri-stallarda esa lokal amortizatsiya kis-mlari vujudga keladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil