Messiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Messiya (qad. yahudiycha mashiax — xudo tomonidan tanlab olingan mumtoz shaxs, paygʻambar, maxdiy) — koʻp dinlar (iudaizm, xristianlik, islom va boshqalar)da xudo tomonidan tanlab olinib vakil qilingan, yerda zulmni yoʻq qilib, adolat oʻrnatish uchun yuboriladigan xaloskor. M. toʻgʻrisidagi tasav-vurlar yaxudiy podsholigining tugatilishi (miloddan avvalgi 586—538) davrida yahudiylar oʻrtasida paydo boʻlgan. Yahudiylarda M., bir tomondan, "qonunga xilof ishlarga barham beruvchi va adolat oʻrnatuvchi jahongir pod-sho" deb, ikkinchi tomondan, "tiriklar va oʻliklarning ilohiy hakami" sifatida talqin qilingan. Xristianlar esa M.ni xudo farzandi, "xaloskor" deb hisoblaganlar (qarang Iso). Islomda M. mahdiy haqidagi taʼlimot shaklida tarqalgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil