Kontent qismiga oʻtish

Messina zilzilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Messina zilzilasi - Italiyaning Messina shahri yaqinida roʻy bergan zilzila. 1908-yil 28 dekabrda sodir boʻlgan. Italiya tarixidagi eng kuchli va tala-fotli zilzilalardan biri. U dastlab soat 5 dan 21 min. oʻtganda uncha kuchli boʻlmagan yer silkinishlari bilan boshlandi. 10 minutcha davom etgan kucheiz silkinishlardan keyin 2 min. oʻtgach, asosiy zilzila sodir boʻldi. Bir zumda imoratlar quladi, dengizda, Sitsiliya, Kalabriya qirgʻoqlarida sunami roʻy berdi. Bir necha min.dan keyin Messina shahrining koʻp joylarida yongʻin boshlandi. Zilzila oqibatida taxminan 84 ming kishi halok boʻldi. Messina zilzilasi magnitudasi Rixter shkalasi boʻyicha taxminan M-7,5 ga teng boʻlgan. 12 ballik MSK-64 shkalasi boʻyicha zilzila kuchi taxminan 10 ballga teng deb hisoblandi.

  • Taziyev G., Kogda zemlya drojit, M., 1968.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil