Kontent qismiga oʻtish

Merserizatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Merserizatsiya [ingliz ixtirochisi J. Merser (1791 — 1866) nomidan] — 1) toʻqimachilikda — ipgazlama yoki sellyuloza tolali materiallarga maxsus ishlov berish usuli. Oʻyuvchi natriyning suvdagi eritmasi bilan 15—18° temperaturada amalga oshiriladi. Materiallarning pishikligini, yaltiroqligini, gigroskopikligi (nam shimuvchanligi) ni, boʻyaluvchanligini oshiradi. Maxsus M. mashinalarida bajariladi; bunda materialga oʻyuvchi natriyning suvdagi eritmasi shimdiriladi, siqib suvi chiqarib tashlanadi va toza suvda yuviladi, quritib va preyesdan oʻtkazib tekislanadi; 2) sel-lyulozaga 15—55° temperaturada oʻyuvchi natriyning suvdagi eritmasi bilan ishlov berish; viskoza va sellyulozaning boshqa hosilalarini tayyorlash bosqichlaridan biri. M.da uzluksiz yoki davriy ishlaydigan (press-vanna) uskunalar qoʻllanadi. Bularda sellyulozaga oʻyuvchi natriy eritmasi shimdiriladi, soʻngra siqib tashlanadi. M. natijasida sellyulozaning asosiy xossalari yaxshilanadi (pishiqlashadi, yaltiroqlashadi va hokazo).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil