Merkator Gerard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

MERKATOR (Mercator; Kremerning lotinlashtirilgan familiyasi) Gerard (1512.5.3-1594.2.12) - flamand haritagrafi. Aniq optik asboblar tayyorlash va haritalar nashr qilish bilan shugʻullangan. 1552 yil Duysburg shahri (Germaniya)ga koʻchib oʻtgan. Mavjud haritagrafik materiallarni tanqidiy qarab chiqib, M. haritalar tuzishning yangi, matematik asoslangan prinsiplarini, xususan bir nechta haritagrafik pro-yeksiyalarni taklif etdi; bulardan eng mashhuri teng burchakli silindrik proyeksiya asosida tuzilgan dunyo haritasi (1569) (qarang Merkator proyeksiyam). Bu proyeksiya jahonda eng koʻp tarqalgan va oʻsha vaqgdan hozirgi qadar bu proyek-siyada burchaklarni aniq tasvirlovchi dengiz navigatsiya haritalari, aeronavigatsiya va boshqa haritalar tuziladi. M. Yer magnetizmini tadqiq qilib, magnit qutbi koordinatini hisoblab chiqdi. Asosiy ilmiy ishi — Yevropa mamlakatlarining "Atlas" deb atalgan haritalari toʻplami (1595, vafotidan keyin nashr qilingan). "Atlas" soʻzboshisida geografiya predmeti va vazifalari bayon qilingan.

Adabiyot[tahrir]

  • Salishev K. A., Osnovi kartovedeniya. Chast istoricheskaya i kartograficheskiye materiali, M., 1948.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil