Kontent qismiga oʻtish

Merime Prosper

Vikipediya, erkin ensiklopediya

MERIME (Merimee) Prosper (1803.28.9, Parij — 1870.23.9, Kann) — fransuz yozuvchisi. Novella janrining mohir ustasi[1][2][3][4]. M.ning Ispaniya mavzularida yozilgan "Klara Gasul teatri" (1825) pyesalar toʻplami romantik ruh bilan yoʻgʻrilgan. "Jakeriya" (1828) dramasi va "Karl IX saltanati yilnomasi" (1829) romani tarixiy mavzularga bagʻishlangan. "Mozaika" (1833) toʻplami hamda "Karmen" (1845) novellasida xalq qahramonlarining obrazlari yaratilgan. Shuningdek, uning turli xalqlar vakillari obrazlari tasvirlangan "Mahshargoh ruhlari" qissasi, "Mateo Falkone", "Kolomba", "Tamango", "Lokis" kabi novellalari ham mashhur. "Karl IX saltanati yilnomasi" asari oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1986)[5].

  1. „Є. Луняк. 5. 9. Історія України у Проспера Меріме“. www.myslenedrevo.com.ua. 2018-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-yanvar.
  2. „Проспер Мериме — украиновед“ (ru). Проспер Мериме — украиновед. 2018-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-yanvar.
  3. Мериме П., Кумберленд Р Русская смута. ОЛМА Медиа Групп, 2006. ISBN 9785224053490. 
  4. История XIX века (1815-1847 гг.). Том 3. Часть 1. Directmedia, 2014-08-22. ISBN 9785446086160. 
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil