Kontent qismiga oʻtish

Mercedes (Urugvay)

Koordinatalari: 33°15′0″S 58°2′0″W / 33.25000°S 58.03333°W / -33.25000; -58.03333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mercedes

Mercedes
33°15′0″S 58°2′0″W / 33.25000°S 58.03333°W / -33.25000; -58.03333
Mamlakat Urugvay
Asos solingan 1788-yil
Aholisi
41,974
Vaqt mintaqasi UTC-3
Telefon kodi +598 453
Pochta indeks(lar)i 75000
Mercedes xaritada

Mercedes (ispancha talaffuzi:meɾˈseðes) – Urugvaydagi Soriano departamentining markazi va eng yirik shahri. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda aholi soni boʻyicha oʻninchi oʻrinda turadi.

Mercedes shahri turizm, savdo va savdo portining muhim markazi hisoblanadi. Uning asosiy tarmoqlari qishloq xoʻjaligi, sut mahsulotlari, qogʻoz ishlab chiqarish va sanoat faoliyatiga toʻgʻri keladi.

Mercedes shahriga 1788-yilda ruhoniy Manuel Antonio de Castro y Careaga tomonidan Capilla Nueva de las Mersedes nomi bilan asos solingan. 1857-yil 6-iyulda uning maqomi shahar darajasiga koʻtarilgan va 531-sonli qonun akti bilan oʻsha paytdagi toʻqqizta departamentlardan biri boʻlgan Soriano departamentining poytaxti etib belgilangan.

2011-yilda shahar aholisi 41,974 kishidan iborat boʻlgan[1].

Yil Aholi soni
1908 15,667
1963 31,325
1975 34,518
1985 36,701
1996 39,320
2004 42,032
2011 41,174

Manba: Urugvay Milliy universiteti[2].

Mercedes shahri iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 42,8 41,6 40,0 36,0 32,2 30,2 30,5 33,3 36,1 36,6 39,7 42,0 42,8
Oʻrtacha maksimal, °C 31,5 29,8 28,0 24,2 20,3 17,3 16,6 19,1 20,8 23,8 27,4 30,0 24,1
Oʻrtacha harorat, °C 24,7 23,5 21,7 18,0 14,5 11,8 10,9 12,8 14,5 17,5 20,6 23,1 17,8
Oʻrtacha minimal, °C 17,9 17,2 15,3 11,7 8,7 6,1 5,3 6,5 8,2 11,2 13,7 16,2 11,5
Mutlaq minimal, °C 5,0 5,3 2,2 −1,3 −4,5 −8,2 −7,6 −5 −5,6 −3,5 0,4 3,0 −8,2
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 133,1 123,8 134,2 116,9 78,3 68,0 61,1 70,7 78,5 120,9 96,8 131,5 1 214,4
Manba: Urugvay meteorologiya instituti[3][4][5][6][7].

Mercedes shahri 1967-yilda boʻlib oʻtgan basketbol boʻyicha jahon chempionating rasmiy mezbonlaridan biri hisoblanadi.

Mashhur shaxslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ricardo Paseyro (1925–2009), diplomat va shoir.
  1. „Censos 2011 Cuadros Soriano“. INE (2012). 2012-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-avgust.
  2. „Statistics of urban localities (1908–2004)“ (PDF). INE (2012). 2015-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-sentyabr.
  3. „Estadísticas climatológicas“ (Spanish). Dirección Nacional de Meteorología. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
  4. „RECORDS METEOROLOGICOS EN EL URUGUAY“ (Spanish). Dirección Nacional de Meteorología. 2015-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
  5. „86490: Mercedes (Uruguay)“. ogimet.com. OGIMET (2021-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
  6. „Mercedes Climate Normals 1991–2020“. World Meteorological Organization Climatological Standard Normals (1991–2020). National Oceanic and Atmospheric Administration. 2023-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
  7. Castaño, José; Giménez, Agustín; Ceroni, Mauricio; Furest, José; Aunchayna, Rossina „Caracterización Agroclimática del Uruguay 1980–2009“ (Spanish). Instituto Nacional de Investigación Agropecuaria. 2018-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-fevral.

INE map of Mercedes