Menzula

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Menzula (lot. mensula — stolcha) — joyning topografiya plani va haritasini grafik usulda olish uchun dala sharoitida qoʻllaniladigan chizmachilik stolchasi. M. toʻrtburchak shaklli taxtaplanshetdan, taglik hamda shtativ (3 oyoq)dan iborat (rayem). Azimut boʻyicha oriyentirlash uchun planshetni oyoq 3 ning vertikal oʻqi atrofida 360° ga burish mumkin. Planga olish natijasini birdaniga shartli belgilar bilan chizib tasvirlab borish uchun M. taxta planshetiga sifatli chizmachilik qogʻozi (vatman) mahkamlanadi. Unga kipregel yordamida joyning plani chiziladi. Bu plandan harita (ayniqsa, harbiy harita) tuzishda ham foydalaniladi. M. va kipregel bilan bajariladigan topografik sʼyomka menzula sʼyomkasi deyiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil