Mening eshigimni taqillating (Seriali)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mening eshigimni taqillating“ (turkcha: Sen Chal Kapimi)— turk drama va romantik komediya teleserialidir[1]. Serial ikki fasl va 52 qismdan iborat boʻlib, serialning birinchi qismi 2020-yil 8-iyulda, yakuniy qismi esa 2021-yil 8-sentabrda namoyish etilgan. Bosh rollarni Hande Erchel va Kerem Bürsin ijro etgan[2].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eda Yildiz xolasi bilan yashaydi va oilaviy gul doʻkonida ishlaydi. U hali kichkinaligida ota-onasini yoʻqotdi – ular fojiali tarzda vafot etdilar. Eda landshaft meʼmori boʻyicha oʻqiydi va tez orada sevgilisi Jenk yashaydigan Italiyada amaliyot oʻtaydi[3]. Ammo kutilmaganda mahalliy „Art Life“ arxitektura firmasi iqtidorli talabalarga beradigan stipendiyani yoʻqotib qoʻyganida hammasi rejadagidek ketmaydi. Bitiruv chogʻida u „Art Life“ sohibi, yosh va isteʼdodli meʼmor Serkan Bolat bilan uchrashadi va jahl bilan uning qoʻliga ham, oʻziga ham kishan soladi. Stipendiyaning bekor qilinishi kompaniya hisobchisining xatosi boʻlib chiqadi, ammo qoʻl kishanlarini yechish unchalik oson boʻlmagani maʼlum boʻldi. Ular birgalikda ish uchrashuviga borishga majbur boʻlishadi va u yerda Serkanning sobiq sevgilisi Selin bilan uchrashadilar, Selin ajrashgandan soʻng darhol boshqasiga turmushga chiqish niyatini eʼlon qildi. Selinni rashk qilish uchun Serkan Edaga shartnoma taklif qiladi – Eda oʻzini 2 oylik sevgilisidek koʻrsatadi va Serkan Italiyaga sayohati uchun toʻliq toʻlaydi[4].

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eda Yildiz – Hande Ercel[5]

U xolasi Ayfer va bolalikdagi dugonasi Melo bilan yashaydi va oilaviy gul doʻkonida ishlaydi. U kichkinaligida ota-onasini yoʻqotdi – ular fojiali tarzda vafot etdilar. U Landshaft arxitekturasi fakulteti talabasi edi, ammo stipendiyani yoʻqotib, oʻqishni toʻxtatishga va Italiyadagi amaliyotini tark etishga majbur boʻldi. Buning uchun u tadbirkor Serkan Bolatni ayblaydi, uning firmasi oʻqitish uchun grant ajratgan.

Serkan Bolat – Kerem Bursin[6]

Isteʼdodli meʼmor, Art Life arxitektura byurosi egasi va ajoyib mehnatkash. U iti bilan ota-onasi Alptekin va Aydan bilan qoʻshni uyda yashaydi. Voqealar boshlanishidan biroz oldin u qiz doʻsti Selin bilan ajrashdi. U Edadan shartnoma imzolashni soʻraydi, unga koʻra Eda ikki oy davomida oʻzining qiz doʻsti sifatida oʻzini namoyon qiladi va buning evaziga Serkan Italiyada oʻqish uchun pul toʻlaydi.

Selin Atakan – Bige Onal[7]

Serkanning bolalikdagi dugonasi va sobiq sevgilisi. U Serkan va Selinning otalari tomonidan yaratilgan xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Art Life arxitektura byurosida PR direktori boʻlib ishlaydi. Serkan bilan ajrashgach, u Serkanni sevishda davom etsa-da, Feritga uylanishni rejalashtiradi.

Aydan Bolat – Neslihan Yeldan[8]

Serkanning onasi va Alptekinning xotini. U agorafobiyadan aziyat chekadi va shuning uchun koʻp yillar davomida oʻz mulki hududini tark etmaydi. Tashqi dunyo haqidagi maʼlumotni unga xizmatkori va doʻsti Seyfi aytib beradi. Aydan Edani yoqtirmaydi, Selin esa juda yoqadi, shuning uchun Selin Serkanning rafiqasi boʻlishi uchun hamma narsani qiladi.

Ayfer Yildiz – Evrim Dogan

Edaning xolasi va uning oilasining yagona aʼzosi. Eda ham ishlaydigan gul doʻkonining egasi. Darhaqiqat, u Edaga ota-onasi ornida boʻgan yaʼni ornini boʻsgan, shuning uchun u undan juda xavotirda va Serkan bilan munosabatlarini maʼqullamaydi.

Engin Sezgin – Anil Ilter[9]

U Serkanning eng yaqin doʻsti va arxitektura firmasidagi sherigi.

Piril Baytekin – Basak Gumulcinelioglu

Arxitektor va Serkanning hamkori. Ishchi va perfektsionist.

Melek Yucel – Elchin Afajan[10]

Edaning eng yaxshi doʻsti. Eda va uning xolasi bilan yashaydi. Ishqiboz va doimo muammoga duch keladi. U Iqtisodiyot fakultetini tamomlagan, parfyumeriya doʻkonida maslahatchi va shaxsiy samolyotlarda styuardessa boʻlib ishlaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://kinogo.zone/comedy/6430-postuchis-v-moyu-dver-hd-1stambul2-v19.html[sayt ishlamaydi]
  2. https://kinogo.zone/comedy/6430-postuchis-v-moyu-dver-hd-1stambul2-v19.html[sayt ishlamaydi]
  3. https://kino.mail.ru/series_929427_postuchis_v_moyu_dver/https://www.kino-teatr.ru/kino/movie/asia/143272/content/[sayt ishlamaydi]
  4. https://kino.mail.ru/series_929427_postuchis_v_moyu_dver/https://www.kino-teatr.ru/kino/movie/asia/143272/content/[sayt ishlamaydi]
  5. https://www.kino-teatr.ru/kino/movie/asia/143272/titr/
  6. https://www.kino-teatr.ru/kino/movie/asia/143272/titr/
  7. https://www.kino-teatr.ru/kino/movie/asia/143272/titr/
  8. https://kinoturkey.ru/actor/5660-postuchi-v-moyu-dver.html
  9. https://kinoturkey.ru/actor/5660-postuchi-v-moyu-dver.html
  10. https://kinoturkey.ru/actor/5660-postuchi-v-moyu-dver.html