Mengniyor Joʻrayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mengniyor Sattorovich Joʻrayev (1942.15.1, Jarqoʻrgʻon tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Samarqand Davlat Universitetini tugatgan (1966). 1966-yildan Jarqoʻrgʻon tumanidagi 47-maktabda biol. oʻqituvchisi, 1967-yildan Qumqoʻrgʻon tumanidagi 13-maktabda direktor oʻrinbosari, 2000-yildan kimyo-biol. oʻqituvchisi. J. darslarni hozirgi davr talabi asosida tashkil etadi, taʼlim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qoʻllaydi, koʻrgazmali qurollar va oʻquv texnika vositalaridan unumli foydalanadi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil