Menger Karl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

MENGER (Menger) Karl (1840.23.2, Nenst-Sandets, Polsha — 1921.27.2, Vena) — avstriyalik iqtisodchi, iqtisodiy tafakkurda avstriya maktabi asoschisi, chegaralangan naflilik nazariyasi asoschilaridan biri. Vena universiteti professor (1879—1903). M.ning iqtisodiy nazariyasi individualizm asosiga qurilgan. U iqtisodiyot fanining asosiy vazifasi yakka xoʻjaliklar rivojlanish qonunlarini oʻrganish, individlarning talablarini qondirish yoʻllarini tadqiq etishdan iborat, deb qaraydi. M. oʻzining "Iqtisodiy siyosat arboblari" (1871) asarida klassik maktab vakillarining qiymatning mehnat nazariyasiga qarshi qimmat (qadriyat) nazariyasini ilgari surdi. Unga koʻra, tovarning narxi haridorlar va sotuvchilarning subyektiv ba-holashi natijasidir, mehnat sarflari "qadriyat kattaligi bilan bevosita aloqador emas".[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil