Kontent qismiga oʻtish

Memorial muzeylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Memorial muzeylar - muhim tarixiy voqealar, davlat, siyosat, jamoat va harbiy arboblar, fan, adabi-yot va sanʼat namoyandalariga bagʻishlangan muassasa, muzeylar. Memorial muzeylar, odatda, davlat tomonidan muhofaza qilinayotgan yodgorlik majmualari (voqea boʻlib oʻtgan joylar, mashxur kishilar hayoti va faoliyati bilan bogʻliq uylar, Memorial muzeylar toʻplamlari va shahrik.) negizida barpo etiladi. Memorial muzeylarning tarixiy holatini toʻliq saqlagan ansambl (mas, Tosh-kentdagi Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi va boshqalar), ilmiy rekonstruksiya qilingan (mas, Samarqanddagi Ulugʻbek muzeyi va boshqalar), ayrim toʻplamlar asosida tashkil topadigan turlari bor. Memorial muzeylar nodir moddiy, tasviriy va yozma manbalarni saqlaydi, oʻrganadi, ularni tashviq qiladi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy ishlar olib boradi, yoʻl koʻrsatkichlar va shahrik.ni nashr etadi.

Oʻzbekiston hududida Ulugʻbek, Sadriddin Ayniy (Samarqand), Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qodiriy, Yunus Pajabiy, Tamaraxonim, M. Turgʻunboye-va (Toshkent) va boshqalarning Memorial muzeylar i bor.

Xorijiy mamlakatlarda Buxenvald, Osvensimdagi fashizm qurbonlari yodgorliklari Memorial muzeylar, Stratford-on-Eyvon shahridagi Shekspir, Veymardagi I. V. Gyote va boshqa Memorial muzeylar mashhur.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil