Melngaylis Emilis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Melngaylis Emilis [1874.3(15).2, hozirgi Riga tumani — 1954.20.12, Riga] — latish kompozitori, dirijyor va fol-klorshunos. Zamonaviy milliy musiqa yirik namoyandasi. Latviya xalq artisti (1945). Peterburg konservatoriyani tugatgan (1901). 1901—06 yillarda musiqa jurnalisti, 1906—18 yillar Toshkentda yashab, chet tillardan dare bergan. Rigadagi Qoʻshiq bayrami (1911 — 13), Latviya Qoʻshiq bayramlari (1926—38)ning tashkilotchisi va bosh dirijyori, Latviya kompozitorlar uyushmasi asoschilaridan (1923) va boshqaruvi raisi (1944—48), Latviya konservatoriyasi prof. (1944 yildan). Latish xalq qoʻshiqlarini yigʻib, ulardan 4500 tasini nashr etgan ("Latish musiqiy folklori materiallari", 1—3 j., 1951—53), koʻplarini zamonaviy polifoniya vositalaridan foydalanib, xor uchun oʻziga xos uslubda qayta ishlagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil