Mellonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mellonlar (Mellon) — AQSH dagi eng keksa moliya guruhlaridan biri. 19-asrda shakllangan. Oilaviy harakterga ega. Bank boshqaruvchisi Endryu Mellon (1855—1937) asos solgan (1921 — 1932 yillarda AQSH moliya vaziri boʻlib ishlagan). AQSH dagi boy Pitkern va Xeys oilalari bilan birgalikda va mamlakatdagi eng yirik "Fyorst Boston korporeyshen" investitsiya banki bilan "Alyuminum kompani of Amerika" (AL KO A) kompaniyasini nazorat kidali. 20-asrning 60-yillarida nazoratidagi aktivi 60 mlrd. dollardan ortiq boʻlgan. M.ning umumiy boyligi 1,6— 2,8 mlrd. dollar atrofida baholangan. M. nazoratida AL KO A dan tashqari (AQSH dagi 35% alyuminiy), jahonda neft sotish boʻyicha yetakchi oʻrinni egallaydigan "Galf oyl korporeyshen", "Vestin gauz elektrik" kabi yirik harbiysanoat konsernlari (elektronika, yadro quroli va atom suv osti kemasi) hamda qator poʻlat erituvchi va mashinasozlik-qurilish firmalari, suturta kompaniyalari bor. M. guruhi aksiyalarga hamkorlikda egalik qilish orqali Rokfellerlar, Klivlend moliyaviy guruhi va Kaliforniya moliya guruhlari bilan chambarchas bogʻliq.

Abduxalil Razzoqov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil