Melissa Barbieri
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Melissa Anne Barbieri[1] | ||
| Tavallud sanasi | 20-fevral 1980-yil | ||
| Tavallud joyi | Melbourne, Avstraliya | ||
| Boʻyi | 168cm | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Melbourne City (player/assistant manager) | ||
| Raqami | 23 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1996-2008 | Victoria Vision | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2008 | Richmond SC | ||
| 2008-2011 | Melbourne Victory | 28 | (0) |
| 2011-2012 | Newcastle Jets | 9 | (0) |
| 2012-2013 | Box Hill United | 10 | (0) |
| 2013-2015 | Adelaide United | 24 | (0) |
| 2015-2016 | Melbourne Victory | 11 | (0) |
| 2016 | Taroona | ||
| 2017- | Melbourne City | 5 | (0) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2002-2015 | Avstraliya | 86 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2016- | Heidelberg United (Ayollar) | ||
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2017-yil 19-noyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2015-yil 18-iyun uchun) | |||
Melissa Anne Barbieri (1980-yil 20-fevralda tugʻilgan) — avstraliyalik xalqaro futbol darvozaboni, ayollar A-ligasida Melbourne City jamoasida oʻynaydi. U Avstraliya ayollar milliy terma jamoasi bilan 86 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi va toʻrtta FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogi turnirlarida qatnashdi. Barbieri 2015-yilda xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlagan[2].
Barbieri 2008-09 va 2013-14-yilgi mavsumlarida W-Ligada yilning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan.
Yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barbieri Viktoriya sport instituti stipendiyasi sohibi boʻlgan[3].
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzining dastlabki faoliyatida Barbieri 20 yoshga toʻlgunga qadar yarim himoyachi boʻlgan, oʻshanda oyoqdagi jarohati uni mashgʻulotlariga halal bergan[4][5]. 2002-yil sentyabr oyida u Avstraliya terma jamoasida Kanadaga qarshi oʻyinda debyut qilgan.
2007-yilgi jahon chempionatigacha Barbieri Avstraliya terma jamoasi safida 54 ta oʻyin oʻtkazgan. U Richmond SC uchun oʻynadi va Avstraliya yarim professional erkaklar ligasida oʻynagan birinchi ayol boʻldi. Erkaklar ligasida tajriba orttirgandan soʻng, Barbieri 2002-yil sentyabr oyida Kanadaga qarshi 1:0 hisobida gʻalaba qozongan " Matildalar " safida debyut qilgan.
2008-yilda unga AQShning Boston Renegades futbol jamoasi murojaat qildi[6]. Biroq, Boston rahbariyati Barbierining Avstraliya terma jamoasidagi ishtiroki tufayli mavsumning qolgan qismida buni davom ettirmadi[7].
U Westfield W-liganing ilk mavsumi uchun Melburn Victory bilan shartnoma imzoladi. Barbieri oʻsha mavsumda yilning eng yaxshi darvozaboni sovrinini qoʻlga kiritgan.
2010-yilning 19-fevralida Barbieri 2009-yilda Cheryl Salisbury nafaqaga chiqqanidan keyin Matildalar sardori etib tayinlangan[8]
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barbieri 2016-yil oktyabr oyida Heidelberg Unitedning ayollar jamoasiga murabbiy etib tayinlangan[9].
2018-yil iyul oyida Barbieri Melburn City W-League jamoasiga yordamchi murabbiy etib tayinlangan[10].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barbieri 2013-yilda oʻzining birinchi farzandi, qiz farzandini dunyoga keltirdi[2].
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]=== Mamlakat ===; Avstraliya
- OFC Ayollar Millatlar Kubogi : 2003-yil
- OFK ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi : 2010-yil
- AFF ayollar chempionati : 2008-yil
Shaxsiy yutuq
[tahrir | manbasini tahrirlash]- W-Ligada yilning eng yaxshi darvozaboni: 2008-09, 2013-14
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „List of Players - Australia“. Fédération Internationale de Football Association (2015-yil 6-iyul). 2016-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-noyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Melissa Barbieri retirement: Matildas veteran goalkeeper retires from international football“. Fox Sports (24-sentyabr 2015-yil). Qaraldi: 3-noyabr 2020-yil.
- ↑ „Barbieri set to break the code“. AAP/Sydney Morning Herald (3-mart 2007-yil). Qaraldi: 21-aprel 2008-yil.
- ↑ „1v1 with Melissa Barbieri“ (27-sentyabr 2015-yil).
- ↑ „Barbieri calls time on Westfield Matildas career“ (24-sentyabr 2015-yil).
- ↑ Ritson (1-aprel 2008-yil). „Boston Mad For Barbs“. 2011-10-01da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2022-07-13.
{{cite magazine}}: Cite magazine requires|magazine=(yordam)CS1 maint: date format () - ↑ Cheng, Peng. „Interview With Melissa Barbieri“ (18-aprel 2008-yil). 22-aprel 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-aprel 2008-yil.
- ↑ „Westfield Matildas to face DPR Korea in Brisbane“. Football Federation Australia (20-fevral 2010-yil).
- ↑ Turner, David. „Former Matildas skipper and goalkeeping star named Heidelberg United's new Women's National Premier League coach“. Herald Sun (23-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 26-oktabr 2016-yil.
- ↑ Lynch. „Victory sign King Kenny, City bring in Rado Vidosic and Kalac“. The Sydney Morning Herald. Fairfax Media (18-iyun 2018-yil). Qaraldi: 25-may 2019-yil.
