Meliorativ tuproqshunoslik
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Meliorativ tuproqshunoslik — yerning noqulay tabiiy sharoitlarini (iqlim, tuproq eroziyasi, yer koʻchishi, surilishi, sel oqimi, qum koʻchishi, shoʻrlanish, botqoqlanish, qurgʻoqchilik, gidrologiya va gidrogeologiya sharoitlarini) oʻrganadigan fan, tuproqshunosliktmg boʻlimlaridan biri. Meliorativ tuproqshunoslikning asosiy vazifalari: yangi hududlarda irrigatsiyameli-orativ oʻzlashtirish maqsadlarida yer massivlarini toʻgʻri tanlash, yangi sugʻoriladigan yerlar unumdorligini oshirish hamda shoʻr yuvish va boshqa tadbirlarni asoslab berish, melioratsiya natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarning oldindan taxminlash hamda ularning oldini olish uchun tavsiyalar ishlab chiqish, qadimdan sugʻoriladigan hududlarda tuproq shoʻrini yoʻqotish va unumdorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqib, tegishli tavsiyalar berishdan iborat.
Meliorativ tuproqshunoslik geologiya, gidrologiya, geomorfologiya, litologiya, geokimyo, fizika, matematika, gidrotexnika, agronomiya va boshqa bilan chambarchas bogʻliq. Meliorativ tuproqshunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi sugorma dehqonchilik uchun yangi yerlarni oʻzlashtirish masalalari bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyo shoʻrlangan tuprokdarini har tomonlama oʻrganish borasida V. A. Kovda, V. V. Yegorov, M. A. Pankov, O. K. Komilov, L. T. Tursunov va boshqalarning xizmatlari katta. Mirzachoʻlda dastlabki meliorativ tadqiqotlar 20-asr boshlarida boshlangan. Oʻzbekistonda irrigatsion-melioratsiya ishlari 1965-yillardan boshlab keng koʻlamda olib borildi. Meliorativ tuproqshunoslik qishloq xoʻjaligi uchun meliorativ jihatdan noqulay boʻlgan tuproklarni sinflash va baholash usullarini ta-komillashtirish, navbatdagi ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, shoʻrlangan yerlarni melioratsiyalashning yangi uslublarini ishlab chiqish, irrigatsion-meliorativ oʻzlashtirish uchun yer massivlarini baholash va tanlash uslubini takomillashtirish masalalari sohalarida rivojlantirilmoqda.
Mazkur masalalarni ijobiy hal etish meliorativ, agromeliorativ, gidromodul rayonlashtirish hamda shularga muvofiq holda meliorativ tadbirlar tizimini ishlab chiqish va qoʻllash orqali amalga oshiriladi.
Oʻzbekistonda shoʻrlangan sugorma yerlar 1970 ming ga ni tashkil etadi. Shoʻrxok tuproqli yerlar maydonining ortib borishi, agrotexnika va mineral oʻgʻitlardan, sugʻorish tizimidan notoʻgʻri foydalanish ekinlar hosildorligini kamaytirib yuboradi.
Meliorativ tuproqshunoslik ishlari yer kadastri va uning ballarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Meliorativ tuproqshunoslik masalalari bilan Yer resurslari davlat qoʻmitasining Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tegishli muassasalar, oʻquv yurtlarining tegishli kafedralari shugʻullanadi.
Ld.: Kamilov O. K., Meliorotivnoye sostoyaniye i plodorodiye vnov osvoyennix pochv Golodnoy stepi, T., 1980.
Sobirjon Azimboyev.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |