Kontent qismiga oʻtish

Melanie Ann Amaro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Melanie Amaro

Amaro Gollivudda, Los-Anjelesda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Melanie Ann Amaro
26-iyun 1992-yil (1992-06-26) (32 yosh)
Fort Lauderdeyl, Florida, AQSH
Kelib chiqishi Tortola Britaniya Virjiniya orollari
Kasbi Qo'shiqchi
Leybl
  • Moorehouse Musiqa Guruhi
  • Syco Musiqa
  • Epic Records
Janr
  • Pop musiqa
  • Ritm va blyuz
  • Kattalar uchun zamonaviy musiqa
  • Soul musiqasi
  • Raqs musiqasi
Hamkorligi R. Kelly
Faoliyat yillari 2011-yildan hozirgacha

Melanie Ann Amaro 2011-yilda AQSHda boʻlib oʻtgan X Factor loyihasining birinchi mavsumida gʻolib chiqqan amerikalik qoʻshiqchi, Syco Musiqa va Epic Records bilan birga 5 million dollarlik ovoz yozish shartnomasiga ega boʻlgan. Amaro (2011–2013) tanlovda gʻolib chiqqan eng yosh ishtirokchi boʻlgan.

Amaro Florida shtatining Fort-Loderdeyl shahrida tugʻilgan[1] va uch yoshidan keyin Britaniya Virjiniya orollaridagi Tortolada oʻsgan[2]. Ota-onasi Xipolito Amaro va Debra Silvestr Amaro qizini taʼminlash uchun mablagʻlari yoʻqligini his qilganlaridan soʻng, Amaroni buvisi Ketrin bilan yashash uchun Britaniya Virjiniya orollariga yuborganlar[3]. Amaro ota-onasini faqat yozgi taʼtil va Yangi yil taʼtillaridagina koʻrar edi[1]. Amaro oilada katta farzand boʻlgan. Amaroning ikkita ukasining ismi Mark va Maykl, singlisining ismi Mayya boʻlgan[3]. Amaroning onasi Debraning eslashicha, qizi olti oylik boʻlganda, u tungi soat ikkilarda uygʻonib, oʻz beshigida qoʻshiq kuylay boshlagan[1][4]. Bundan tashqari, Amaro yoshligidanoq soch tarogʻidan mikrofon sifatida foydalanib uyi atrofida aylanib qoʻshiq kuylar edi[3] . Amaro oʻn bir yoshida qoʻshiq aytishga va aktrisalikka qiziqishini tushundi va qoʻshiq kuylash orzulariga erishishga yordam bergani uchun onasiga minnatdorchilik bildiradi[1].

Amaro bolaligida hech qanday qoʻshiq tanlovlariga qatnashmagan, ammo toʻylarda, cherkovlarda va boshqa tadbirlarda qatnashgan[4]. Amaro Althea Skatlif boshlangʻich maktabida oʻqigan va keyinchalik Elmore Stoutt oʻrta maktabida oʻqishni davom ettirgan. Amaro 15 yoshida Floridaga koʻchib oʻtadi va 2010-yili shu yerda Plantatsiya oʻrta maktabini tamomlaydi. Amaroning oʻrta maktab oʻqituvchisi Gari Rivenbark Amaroga ovozini shakllantirishda katta yordam bergan. Oʻqituvchisi Gari Rivenbark 2012-yilning mart oyida 48 yoshida limfomadan vafot etgan[5].

Musiqiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil: X faktor

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil iyun oyida Amaro onasi[4] aytgani uchun AQShda boʻlib oʻtayotgan X Factorning birinchi mavsumi uchun ishtirokchi sifatida qatnashib koʻrdi. Amaro hakamlar yaʼni, Saymon Kouell, Paula Abdul, Nikol Sherzinger va L. A. Ridlar oldida Beyonse Noulzning „Listen“ qoʻshigʻini kuylaydi. Amaro ilgari mahalliy Fox filialida „tezkor oʻtish“ uchun tinglovdan oʻtishga urinib koʻrdi, lekin u yerdagi prodyuserlar tomonidan yaxshi qabul qilinmadi va keyinchalik Florida shtatidagi Coral Gables shahridagi BankUnited markazida keng jamoatchilik bilan tinglandi[1][3]. Top 32 finalchilardan biriga aylanganidan soʻng, u Maykl Jeksonning „Will You Be there“ qoʻshigʻini hakamlar uyida, ustozi Kouell oldida ijro etadi[6]. Amaro dastlab Top 16 ning bir qismi sifatida qabul qilinmagan va qizlar orasidan chiqarib yuborilgandi[7]. Biroq, 2 haftadan keyin, ustozi Kouellni Floridada yana bir bor hayratda qoldiradi va Amaroni musoqaqadan chetlashtirish, katta xato ekanini bilib yana musobaqaga taklif qilgan.

Amaro Rachel Crow, Drew, Tiah Tolliver va Simone Battle bilan birga Kouellning qizlari sifatida jonli shoularda qatnasha boshladi. Amaroning qoʻshilishi bilan birinchi jonli shou uchun saralash ishtirokchilarining umumiy soni 17 taga yetkazildi[7]. 15-dekabr kuni Amaro Kris Rene va Josh Kraychik bilan birga final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Keyingi haftada u gʻolib deb eʼlon qilindi. Amaro, shuningdek, 19 yoshida gʻalaba qozongan shouning eng yosh ishtirokchisi deb tan olindi[8]. Amaro Syco Musiqa va Sony Musiqa yorligʻi va 5 million dollarlik ovoz yozish shartnomasi bilan mukofotlandi. Bu mukofoti esa televideniya tarixidagi eng katta mukofotlardan biri boʻldi[9]. Gʻolib boʻlganidan keyin koʻp oʻtmay, Sony Musiqa yorligʻi Epic Records leyblda Amaro L. A. Reid bilan birga faoliyat yuritadigan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[10][11]. Amaro shartnomadan tashqari yana janob Elton Jon bilan birga Pepsi reklama roligida ham suratga tushdi[8] va bu NBC telekanalida Super Bowl XLVI paytida namoyish etilgan.

2012-yildan hozirgi kungacha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mojarolar va brodvay korxonalari.

Amaroning albomi 2012-yil 4-dekabrda chiqarilishi kerak edi[12] lekin chiqarilmadi. Amaroning Pepsi reklama roligi Super Bowl XLVI paytida NBC telekanalida X Factor mukofotining bir qismi sifatida namoyish etildi[13]. Bu reklamada Amaro Elton Jon, Flavor Flav va Enni Ilonze bilan birga „Respect“ qoʻshigʻini kuylayotgani aks etgandi[14]. Qoʻshiq 2012-yil 2-fevralda musiqa sifatida ommaga chiqarildi[15][16] va Billboard Dance Club Chartda 3-oʻrindan joy oldi[17]. 1- avgust kuni Amaro Livvi Frank tomonidan yozilgan va Rodni Jerkins prodyuseri bilan birga „Donʼt Fail Me Now“ debyut singlini chiqardi[18]. 2012-yil 19-oktabrda Amaro oʻzining rasmiy VEVO akkauntida „Donʼt Fail Me Now“ qoʻshigʻining klip premerasi boʻlib oʻtdi, lekin qoʻshiq chartga tusha olmadi va albom 2013-yilga qoldirildi. Amaro 2012-yil 6-dekabrda X Factorda jonli ravishda „Long Distance“ nomli yangi singlni ijro etdi[19]. Bu qoʻshigʻi 2012-yil 3-dekabrda chiqarilgan edi[20]. Haqiqatan ham albom 2013-yil mart oyiga koʻchirildi, lekin hech qachon chiqarilmadi. 2-mavsum gʻolibi Teyt Stivensning debyut albomi 2013-yilning aprel oyida RCA Nashville ostida chiqarilgan boʻlsa-da, Amaro uning yorligʻi va albomning tasdiqlangan sanasi yoʻqligini taʼkidlagan[21].

2013-yil avgust oyida Amaro Indoneziyada RCTIning maxsus 24 yillik yubiley televideniya dasturida, Samanta Jade, Jahmene Duglas, Kollektiv, Novita Dewi va Fatin Shidqia bilan birgalikda dunyo boʻylab X Factor uchun chiqish qildi[22]. Amaro oʻzining yangi „Long Distance“ nomli singlini, keyin esa „The World’s Greatest“ qoʻshigʻini Fatin Shidqia bilan duet sifatida ijro etgan[23].


2013-yil 4-oktabrda Amaro bu ishlarini „Sen hech qachon yolgʻiz emassan“ milliy gastrolida musiqiy teatrda debyut qildi[24].

2014-yilda Amaro yangi boshqaruv sababli Atlantaga koʻchib oʻtdi. Yangi boshqaruv ostida Amaro moda haftaligi uchun Kayman orollari kabi joylarda, shuningdek, AQShning bir necha shaharlarida gastrol safarini va chiqishlarini boshladi. 2014-yil 19-iyun kuni u oʻzining xuddi shu nomdagi EP-dan Sound Cloud-da „Fuel My Fire“ bosh singlining premerasi boʻldi. Amaro qoʻshiqda „oʻz yorligʻi tomonidan chiqarilgan musiqa yoʻqligidan hafsalasi pir boʻlganligi“ haqida kuylagan. Qoʻshiq 2014-yil 26-iyun kuni Epic yoki Sony hisobisiz raqamli yuklab olish sifatida mustaqil ravishda ommaga chiqarildi[25].

2014-yil sentabr oyidan keyin Amaroning albomi bekor qilingan va chiqarilmagan. Bir necha oy oʻtgach, „Fuel My Fire“ nomaʼlum sabablarga koʻra iTunes-dan olib tashlangan.

2015-yil 6-may kuni Amaro amerikalik xip-xop yozuvchisi Fabolous ishtirokidagi yangi „Dust“ qoʻshigʻini chiqardi. „Dust“ mustaqil jadvallarga 1-oʻrin boʻlib kirdi va 6 hafta davomida birinchilikdan tushmadi. U ketma-ket 6 oy davomida Indie chartlarida qoldi. Bu Amaroning Syco va Epic Records’dan ketganidan keyin ikkinchi mustaqil nashri boʻlib hisoblanadi. „Dust“ nihoyat 2015-yil sentabrida raqamli chakana savdo doʻkonlariga, keyin esa Faboloussiz yakkaxon versiyasi ham chiqarildi.

2016-yil 17-fevralda Amaro „The One“ nomli yangi qoʻshigʻini ham chiqardi.

Amaro 2018-yil yanvar oyida oʻgʻli tugʻilganida Atlantada yashar edi. Amaro Prodyuser va multi-instrumentalist Jastin A. Mur boshchiligidagi Moorehouse Musiqa Guruhi, LLC Indie yorligʻi ostida imzoladi. Amaro yorliqqa imzo chekkan birinchi ayol boʻlib tarixga kirdi. Moorehouse Musiqa guruhi ostida Melanie „Whole Mood“, „Enough“ va „Play No Games“ singllarini chiqardi.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Melanie Amaro (Contestant Wall Bio)“. The X Factor (U.S. TV series). Fox Broadcasting Company (2011). Qaraldi: 2011-yil 25-dekabr.
  2. „British Virgin Islands "Melanie Amaro" wins X Factor USA“. Caribbean Entertainment Magazine (2011-yil 23-dekabr). 2012-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-dekabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Jicha, Tom; Bryan, Susannah. „X Factor: Sunrise's Melanie Amaro wins $5 million deal“. South Florida Sun-Sentinel. Chicago Tribune (2011-yil 22-dekabr). 2011-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-dekabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 „UPDATE: "Singing baby" Melanie Amaro wins X Factor USA!“. Virgin Islands News Online (2011-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 25-dekabr.
  5. Lisa J. Huriash. „Gary Rivenbark, Plantation High School chorus teacher who taught "X Factor" winner, dead at 48“. SunSentinel.com (2011-yil 23-mart). 2013-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 20-sentyabr.
  6. Reiher, Andrea „'X Factor': Melanie Amaro, Josh Krajcik wow on second Judges' Homes episode“. Zap2it (2011-yil 16-oktyabr). 2012-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-fevral.
  7. 7,0 7,1 Gratereaux, Alexandra. „The X Factor: Melanie Amaro Becomes Top 17th Contestant Going to Live Shows“. Fox News Channel (2011-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 3-fevral.
  8. 8,0 8,1 Graham, Adam „'X Factor' Crowns Melanie Amaro First US Winner – Music, Celebrity, Artist News“. MTV (2011-yil 22-dekabr). 2012-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-dekabr.
  9. Powers, Lindsay. „Simon Cowell's X Factor Announces Prize: $5 Million Sony Music Record Deal“. The Hollywood Reporter (2011-yil 7-fevral). Qaraldi: 2011-yil 23-dekabr.
  10. Kennedy, Gerrick. „'X Factor' champ Melanie Amaro signs to Epic Records“. Los Angeles Times (2012-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 5-yanvar.
  11. Elder, Sarah „Sunrise's Melanie Amaro and winner of 'X Factor' signs with Epic Records“. The Miami Herald (2012-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 5-yanvar.
  12. „News | X Factor Winner Melanie Amaro joins Ciara With Debut Release“. Singersroom (2012-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 1-noyabr.
  13. de Moraes, Lisa. „'X Factor' winner Melanie Amaro's Super Bowl ad prize has a twist“ (2012-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 3-fevral.
  14. Chazan, Sarah „Melanie Amaro Pepsi Commercial: 'X Factor' Winner Takes Fans Behind the Scenes of Super Bowl Segment (VIDEO)“. AOL (2012-yil 1-fevral). 2012-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-fevral.
  15. „iTunes – Music – Respect – Single by Melanie Amaro“. Apple Inc. (2012-yil 2-fevral). Qaraldi: 2012-yil 3-fevral.
  16. Amaro, Melanie „Twitter“ (2012-yil 4-fevral). Qaraldi: 2012-yil 6-fevral.
  17. „Billboard - Music Charts, News, Photos & Video“. Billboard.
  18. Epic Records via MarketWatch (2012-yil 1-avgust). „Melanie Amaro: The X Factor Winner Debuts Uplifting First Single, "Don't Fail Me Now"“. Press-reliz.
  19. „Alum Melanie Amaro will be performing on The X Factor this Thursday!“. The X Factor USA (2012-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 3-dekabr.
  20. Kennedy, Gerrick D.. „'X Factor's' Melanie Amaro pledges album 'with or without' label“. Los Angeles Times (2013-yil 9-mart).
  21. Schillaci, Sophie. „'X Factor': Melanie Amaro's Debut Still in Limbo as Tate Stevens, Emblem3 Release New Music“. The Hollywood Reporter.
  22. „RCTI 24 Tahun "X Factor Around The World" – YouTube“. YouTube.
  23. „Fatin Shidqia Dipuji Melanie Amaro“ (id). Tempo (2013-yil 24-avgust). Qaraldi: 2013-yil 27-avgust.
  24. „Meet The Cast: Melanie Amaro“. 2013. Zoe Stream Productions. 2013-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-oktyabr.
  25. santilli, mj „X Factor Winner, Melanie Amaro, Previews New Song (AUDIO)“ (2014-yil 19-iyun).