Meksika qoʻltigʻi neftgazli havzasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Meksika qoʻltigʻi neftgazli havzasi — Meksika qoʻltigʻi ak-vatoriyasi va AQSH, Meksika, Kuba, Gvatemala va Belizning qoʻltiqqa yondosh hududlarini egallaydi. Maydoni 2,5 mln. km², shu jumladan, akvatoriyada 1,1 mln. km². Neft va kondensatning dastlabki sanoat zaxirasi (1985) 18,3 mlrd.t, gaz zaxirasi 14,6 trln. m3, shundan tegishlicha AQShda 8,6 mlrd. t va 11,6 trln. m3, Meksikada 9,7 mlrd. t va 2,8 trln, m3, Gvatemalada 7 mln.t. Havzaning dastlabki konlari materik qismida 1896 yilda (AQSH), dengizda (shelf) 1938 yilda (AQSH) ochilgan. Asosiy yirik konlar havzaning AQSH ga qarashli qismida 1930-yillarda aniqlangan, Meksika qismida 1970-yillarda topildi. Hammasi boʻlib, 5000 dan ortiq neft va 4000 dan ortiq gaz va gazkondensat konlari aniqlangan (ularning 95% AQSH xududida).

Havza Meksika qoʻltigʻi va uning periferik materik qismi (Galf-Kost) dan tashkil topgan Atlantika oldi epigersin platformasining jan. kismeta yondashgan. Havza maksimal kalinligi 15 km dan iborat boʻlgan mezokay-nozoy yoshidagi choʻkindi jinslardan tuzilgan. Neftgazlilik choʻkindili gʻilofning butun kesimi bilan bogʻliq. Havzaning tashqi (akvatorial) qismi yoʻnalishi boʻyicha mahsuldor qatlamlarning yuqori yuradan pleystotsengacha yosharishi va uglevodorod jamlanishi chuqurligi bir necha oʻn m dan 7000 m gacha kuzatilgan. Tutqich turlari: lokal koʻtarilmalarda qatlamli gumbazli; riflarda massivlik; monoklinallarda tektonik ekranlashgan; kollektorlarning qiyiqlanish qismida litologik va stratigrafik ekranlashgan. Evgeosinklinal kompleksining (Kubada) serpentinit va tuf-qumtoshli va boshqa jinslarida katta boʻlmagan neft uyumlari maʼlum.

Qirgʻoqdan eng uzoq kon Luiziana shtati qirgʻogʻidan 240 km narida. Tashqi zona neftlari yengil, oltingugurti kam. Tuzli gumbazlar keproki bilan bogʻliq boʻlgan konlardagi neftlarda oltingugurt miqsori ortib boradi. Havzaning ichki qismida neft oʻrtacha zichlikka ega, baʼzan yuqori oltingu-gurtli (3%gacha), metannaftenli tarkibda. Gazlar tarkibida ozroq miqdorda SN4 ning ogʻir komponentlaridan iborat metan va yuqori miqsorda gaz kondensata bor. 1985 yilda 287 mln. t atrofida neft (AQShda 132 mln. t, Meksikada 154 mln. t, Kubada 0,87 mln. t, Gvatemalada 0,25 mln. t) qazib olindi. Kazib olishning asosiy markazlari: AQShning Luiziana va Texas shtatlari va Meksikaning Kampeche qoʻltigʻi bilan Reforma r-ni. Yillik gaz qazib olish (1986) 300 mlrd. m3 atrofida, shu jumladan, Meksikada 40 mlrd.m3.

Havza hududida keng tarmoqli neft, gaz va mahsulot tashuvchi quvurlar, 75 ta neftni qayta ishlash (AKIII da 65 ta, Meksikada 7 ta) va 400 dan ortiq gazni qayta ishlash zavodlari (AQSH da 375 ta, Meksikada 13 ta) mavjud.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil