Meikayla Moore

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Meikayla Moore
Moore 2019-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Meikayla Jean-Maree Moore[1]
Tavallud sanasi 4-iyun 1996-yil (1996-06-04) (27 yosh)
Tavallud joyi Christchurch, Yangi Zelandiya[2]
Boʻyi 1.73 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Glasgow City
Raqami 18
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Burwood AFC
Avon United
Coastal Spirit
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017—2018 FC Köln 8 (0)
2018—2020 Duisburg 31 (1)
2020—2022 Liverpool 15 (2)
2022 Glasgow City 0 (0)
Milliy terma jamoa
2012

Yangi Zelandiyaning 17 yoshgacha boʻlgan

ayollar milliy futbol terma jamoasi
10 (0)
2012—2016

Yangi Zelandiyaning 20 yoshgacha boʻlgan

ayollar milliy futbol terma jamoasi
9 (0)
2013

Yangi Zelandiya ayollar

milliy futbol terma jamoasi
51 (4)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 22-yanvar uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 21-fevral uchun)

Meikayla Jean-Maree Moore (talaffuzi: Meikayla Jan-Mari Mur) (1996-yil 4-iyunda tugʻilgan) — professional futbolchi. Meikayla Moore Shotlandiya ayollar Premyer-ligasi vakili „Glasgow City“ futbol klubi va Yangi Zelandiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida himoyachi sifatida oʻynaydi[3]. 2022-yil fevral oyida Moore SheBelieves kubogi doirasida Yangi Zelandiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida AQSh ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda avtogollar hisobiga ajoyib xet-trik qayd etdi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Meikayla Moore 2012-yilgi ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida Yangi Zelandiyaning 17 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy futbol terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. U Yangi Zelandiyaning uchta guruh oʻyinlarida ham ishtirok etgan[4].

Meikayla Moore 2013-yil 26-sentyabrda Xitoy ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘yinda (4:0) zaxira o‘yinchisi sifatida maydonga tushirilgan[5].

Meikayla Moore 2015-yilda Kanadada boʻlib oʻtgan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Yangi Zelandiya ayollar milliy futbol terma jamoasining aʼzosi edi.

2019-yil aprel oyida Meikayla Moore 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun tuzilgan Yangi Zelandiya ayollar milliy futbol terma jamoasining asosiy tarkibga kiritildi[6]. Ammo jarohatlari tufayli musobaqada qatnasha olmadi.

15 oy oʻtgach, Meikayla Moore jarohatdan tuzaldi. Shundan soʻng, Meikayla Moore Angliya ayollar chempionati vakili „Liverpool“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[7][8].

2022-yil 20-fevralda Meikayla Moore SheBelieves kubogi doirasida Yangi Zelandiya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida AQSH ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘yinda oʻz darvozasiga 3ta avtogol joyladi[9][10]. Shundan soʻng, Meikayla Moore Sten van den Buysdan keyingi avtogollar xet-trikini qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi[11].

Xalqaro oʻyinlardagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raqam Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2018-yil 10-iyun Westpac stadioni, Vellington, Yangi Zelandiya  Yaponiya 1 — 1 1-3 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2. 2018-yil 25-noyabr Stade Numa-Daly Magenta, Noumea, Yangi Kaledoniya  Fiji 5 — 0 10-0 2018-yilgi OFC Ayollar Millatlar kubogi
3. 2018-yil 1-dekabr  Fiji 4 — 0 8-0
4. 2022-yil 6-sentyabr Titan stadioni, Fullerton  Filippin 1-1 2-1 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „List of Players – 2015 FIFA Women's World Cup“. Fédération Internationale de Football Association. Qaraldi: 2015-yil 20-iyun.
  2. Profile at NZF
  3. „Caps 'n' Goals, New Zealand Women's national representatives“. The Ultimate New Zealand Soccer Website. Qaraldi: 2011-yil 23-oktyabr.
  4. „Squad List – New Zealand“. FIFA. 2014-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-oktyabr.
  5. „Football Ferns-Line-ups“. The Ultimate New Zealand Soccer Website. Qaraldi: 2013-yil 23-oktyabr.
  6. „Football Ferns squad revealed for World Cup“.
  7. „Football Ferns centre-half makes comeback from Achilles injury“ (en). Accident Compensation Corporation. Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
  8. „New Zealand footballer Meikayla Moore signs with famous English club Liverpool“ (en). Stuff (2020-yil 28-avgust). Qaraldi: 2020-yil 9-noyabr.
  9. Rollo, Phillip. „Football Ferns defender Meikayla Moore scores hat-trick of own goals against USA“ (en). Stuff (2022-yil 20-fevral).
  10. „Liverpool's Meikayla Moore scores unwanted hat-trick playing for New Zealand“. Belfast Telegraph (2022-yil 20-fevral).
  11. „What the USWNT learned from New Zealand win despite Meikayla Moore's 3 own goals“ (en). ESPN.com (2022-yil 21-fevral). Qaraldi: 2022-yil 21-fevral.