Mehnat tarbiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mehnat tarbiyasi - tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri boʻlgan pedagogik jarayon. Mehnat tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, institutizom, batartiblik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning koʻzini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat inson ehtiyojlarini qondirishning birinchi va asosiy vositasi boʻlganligi uchun ham Mehnat tarbiyasi tarbiyaning boshqa hamma turlaridan oldin paydo boʻlgan.

Mehnat tarbiyasi gʻoyat keng falsafiy-pedagogik kategoriya boʻlib, "mehnat taʼlimi", "kasbga yoʻnaltirish", "politexnik taʼlim", "kasb taʼlimi" singari tu-shunchalarni oʻz ichiga oladi. Mehnat tarbiyasi berish hamma zamonlarda ham jamiyat taraqqiyotining asosi, yoshlarni hayotga tayyorlashning eng muhim vositasi boʻlib kelgan. Shuning uchun ham barcha ilo-hiy kitoblar va hamma mutafakkirlar tomonidan yaratilgan bitiklarda Mehnat tarbiyasi ga katta eʼtibor berilgan. Lekin ularga materialist (moddiyunchi)lardan farqli tarzda Mehnat tarbiyasi deyilganda faqat jismoniy mehnatga doir koʻnikma va malakalarni shakllantirish koʻzda tutilmagan. Mehnat tarbiyasi, avvalo, oilada bola oʻzini anglay boshlashi bilanoq amalga oshirila boradi. Jumladan, chaqaloklar goʻdaklik bosqichiga oʻtishlari bilanoq, ularga dastlabki Mehnat tarbiyasi berila boshlanadi. Shunday qilinmasa, bola faqat isteʼmolchiga aylanib qoladi va natijada u noshud va yalqovgina emas, maʼnaviyati kemtik shaxs ham boʻlib shakllanishi mumkin.

Bolalarga Mehnat tarbiyasi berishda bogʻcha, maktab singari ijtimoiy pedagogik muassasalar katta oʻrin tutadi. Chunki bu muassasalarda Mehnat tarbiyasi ilmiy asosda tegishli mutaxassislar tomonidan uyushtiriladi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishdagi asosiy jihat shundaki, u bolalarning yosh xususiyatlari, ruhiy, akliy va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq boʻlishi lozim. Bolaning imkoniyatlaridan yengil Mehnat tarbiyasi ularni zeriktirgani kabi ularning imkoniyatlaridan ogʻir topshiriqlar bolalarni bezdirishi mumkin. Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda tizimlilik va institutizom boʻlishiga qatʼiy amal qilinishi joiz. Aks holda, har qanday qobiliyatli bola ham yetarlicha Mehnat tarbiyasi ololmasligi mumkin. Mehnat tarbiyasi uchun maktab davri eng qulay fursatdir. Birinchi navbatda, oʻqish jarayonining oʻzi ogʻir akdiyjismoniy mehnatdir. Maktabga oʻz vaqtida kelib-ketish, oʻqish-yozishni oʻrganish, berilgan bilimlarni egallash uchun oʻquvchilarga Mehnat tarbiyasi berilgan boʻlishi kerak. Chunki oʻquv topshiriqlarini bajarish, dars oʻzlashtirish, oʻtilganlarni takrorlash, yozma ishlar bajarish, kerakli matnlarni yodlash, koʻchirmalar olish, lu-gʻatlar bilan ishlay olishi uchun oʻquvchi muayyan institutizomga rioya etishi, tashkilotchilik qobiliyati va ishchanlik xususiyatiga ega boʻlishi, ishning koʻzini bilishi kerak. Mehnat tarbiyasida, avval aytilganidek, mehnat taʼlimi va kasbga yoʻnaltirish jarayonlarining ham oʻrni katta. Chunki bu jarayonlarda oʻquvchilar bevosita tegishli mehnat koʻnikmalarini egallash va ularni mustaqil ravishda qoʻllash bosqichini oʻtaydilar. Shuningdek, ular bu asnoda qaysi bir mehnat yoʻnalishi oʻziga muvofiqroq ekanligini bilib oladilar. Shuning uchun ham mehnat taʼlimi imkon qadar xilma-xil boʻlishi hamda oʻquvchilarning aqliy, jismoniy imkoniyatlari va jinsiy xususiyatlariga muvofiq kelishi zarur.

Oʻzbekiston Respublikasining "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 yil 29 avg .)ga muvofiq, oʻrta maxsus taʼlim bosqichining majburiy boʻlganligi oʻzbek oʻquvchilariga Mehnat tarbiyasi berishda alo-hida ahamiyat kasb etadi. Chunki, bu bosqich toʻliq kasbga yoʻnaltirilgan boʻlib, kasbhunar kollejlari oʻquvchilari bevosita oʻzlari tanlagan kasblarga doir koʻnikma va malakalar shakllantirsalar, akademik litsey oʻquvchilari kelajakda egallaydigan kasblarning nazariy asoslarini oʻzlashtiradilar. Oliy taʼlimning bakalavriat va magistratura bosqichlarida Mehnat tarbiyasi bevosita kasb taʼlimi bilan qoʻshib amalga oshiriladi. Mehnat tarbiyasi berishda oʻquvchilarning boʻsh vaqtidan toʻgʻri foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Bolalarning oʻquv rejasida koʻzda tutilgan, mehnat amaliyotini oʻtashlarini toʻgʻri tashkil etish, ularni bolalar, oʻsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari qoshidagi toʻgaraklarga koʻproq jalb qilish yosh avlodning komil shaxslar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Qozoqboy Yoʻldoshev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil